Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Ronalduning Turinga ko‘chib o‘tishi qanday yuz bergandi? «Yuventus» sport direktori aytib berdi

Ronalduning Turinga ko‘chib o‘tishi qanday yuz bergandi? «Yuventus» sport direktori aytib berdi

Baho:
+ | -

«Yuventus» sport direktori Fabio Paratichi hujumchi Krishtianu Ronalduning transferi qanday yuz berganini aytib o‘tdi. Portugaliyalik futbolchi o‘tgan yilning yozida 117 million yevro evaziga «Real»dan Turinga ko‘chib o‘tgandi.

«Madridda o‘ynaganimizda [Evropa chempionlar ligasi-2017/18 chorak final bosqichi doirasida], Jorje Mendesh [Ronalduning agenti] mening yonimga keldi. Men unga «Krishtianu aqlbovar qilmas gol urdi», — dedim. U esa menga qarab turib: «Aytsam ishonmaysiz, lekin Krishtianu, agar boshqa jamoaga o‘tishni istasa, «Yuventus»ni tanlashini aytdi. Buni inobatga oling, bu haqda o‘ylab ko‘ring. Keyinroq yana gaplashamiz», — dedi.

Keyinchalik esa men Joao Kanseluning transferini rasmiylashtirish uchun Mendesh bilan bitta samolyotda uchdim. U yana bir marta jiddiy ohangda:

«Tez orada Ronalduning Madridni tark etishiga guvoh bo‘lasiz. Ochiq aytaman, futbolchi faqat «Yuventus» bilan shartnoma imzolashni istaydi. U Angliyaning eng katta jamoasi hisoblangan «Manchester Yunayted»da o‘ynadi, keyin esa «Real» sharafini himoya qildi. U faqat buyuk tarixga ega bo‘lgan jamoalarda o‘ynaydi. U hech qachon Italiyada o‘ynamagan va Skudettoni qo‘lga kiritishni istaydi. Agar Krishtianu sizlarga kerak bo‘lsa, u shu yerda», — dedi.

Men esa unga: «Yaxshi. Unday bo‘lsa, biz buni muhokama qilishimizni Krishtianuga ayting», — dedim.

Albatta, men uning aytganlarini eslab qoldim va Ronalduni qo‘lga kiritish ishtiyoqi yuzaga keldi. Keyingi muzokaraga esa men tayyor holatda keldim.

«Bu – maosh, bu – transfer summasi», – dedi Mendesh.
«Bir necha kundan keyin senga javob beraman», – dedim men. Men «yo‘q» demadim, aks holda u boshqa variant qidirishni boshlagan bo‘lardi», – dedi Paratichi.

Ushbu mavsumda Ronaldu «Yuventus» safida 31ta o‘yinda maydonga tushib, 20ta gol urdi va 10ta golga uzatma berdi.

Manba: bombardir.ru
Kiritildi: 22:57, 12.02.2019.
O'qildi: 17855 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик