Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

O‘FA mutasaddilari Gresiya futbol federasiyasi vakillari bilan uchrashdi

O‘FA mutasaddilari Gresiya futbol federasiyasi vakillari bilan uchrashdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan Yevropa mamlakatlari futbol federasiyalari bilan yaqin aloqalar o‘rnatib, o‘zbek futboli rivoji yo‘lida ularning boy tajribasidan unumli foydalanish yo‘lida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirib kelishmoqda. 

Jumladan, O‘FA 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonovning maslahatchisi San’at Sharipov va O‘FA Terma jamoalar departamenti direktori Sharofiddin Hojiniyozov bugun Gresiya futbol federasiyasi vakillari - Gresiya futbol federasiyasi Texnik direktori Xaralampos Zelenisas, Gresiya milliy terma jamoasi menejeri Despoina Papastatopulous hamda GFF Terma jamoalar bilan ishlash boshqarmasi vakili Antonis Zanetopulos bilan uchrashishdi. 

Gresiya futboli dunyoda o‘z o‘rniga ega bo‘lib, bu mamlakat futbol metodologiyalari va murabbiylar tayyorlash bo‘yicha Yevropada yetakchi mamlakatlar qatorida turadi. 

2004 yilda Gresiya Yevropa chempionatida g‘olib chiqqanidan keyin butun dunyoda Gresiya terma jamoasining o‘yin uslubi va natija uchun nihoyatda tartibli harakat qilish jihatlari sinchiklab o‘rganilib, andozalar ko‘chirishga harakat qilindi. Gresiyada murabbiylik lisenziyasiga ega bo‘lish uchun juda katta talab qo‘yiladi. Shundan kelib chiqqan holda, bu yerda murabbiylar faoliyatni boshlashdan avval o‘z ustida ko‘p ishlashi va murakkab imtihonlarga tayyor bo‘lishi kerak bo‘ladi. 

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi mutasaddilari Gresiya futboli vakillari bilan uchrashuv chog‘ida murabbiylar tayyorlash tizimi haqida fikr almashishdi. Gresiyadagi futbol akademiyalarida yo‘lga qo‘yilgan ish uslubi o‘rganildi hamda o‘zbekistonlik bolalar murabbiylarini Gresiyaga yuborib, o‘sha yerda malaka oshirish kurslarida tahsil olishlarini ta’minlash bo‘yicha ham bir to‘xtamga kelindi. Shuningdek, kelgusida bolalar futboli bo‘yicha gresiyalik mutaxassislarni, Pro sertifikati hamda "A" lisenziyasiga ega, Yevropada kuchli hisoblangan murabbiylarni yurtimizga taklif etib, ular ishtirokida mamlakatimizdagi bolalar va o‘smirlar akademiyalarida turli seminarlar va o‘quv kurslari o‘tkazish bo‘yicha hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi. Bundan tashqari,  O‘zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalari bilan Gresiya terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazish bo‘yicha ham kelishuvga erishildi. 

O‘zbekistonning ko‘plab klublari va terma jamoalari qish mavsumida Turkiya mamlakatida yig‘inlar tashkil etishadi. Gresiya esa joylashuvi va iqlimi jihatdan Turkiyaga yaqin bo‘lgani sababli, kelgusida Turkiyada yig‘in o‘tkazadigan jamoalar Gresiyaga ham yo‘l olib, bu yerda nazorat o‘yinlarini o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
Manba: Stadion
Kiritildi: 16:59, 14.02.2019.
O'qildi: 2110 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.