Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

O‘zbekiston muxlislar klubi Andijonga tashrif buyurishdi

O‘zbekiston muxlislar klubi Andijonga tashrif buyurishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun Andijon shaxridagi "Olimpiya zahiralari kolleji" majlislar zalida O‘zbekiston muxlislar klubining bir nechta a’zolari, "Andijon" futbol klubi mutasaddilari, Viloyat kasb-hunar ta’lim boshqarmasi vakillari, Viloyat mahalla kengashi a’zolari, yosh futbolchilar, "Andijon" futbol klubining faxriy futbolchilari va klub fan-klubi a’zolari o‘rtasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Viloyat kasb-hunar ta’lim boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Tohir Badalov, Viloyat mahalla kengashi raisi o‘rinbosari Dilshodbek Tojiboyev, "Andijon" futbol klubi bosh direktori Orif Mamatkazin, sport direktori Islombek Rustamov, matbuot kotibi Odilbek Tolipov, faxriy futbolchilar - Baxtiyor Hamidullayev va Raxim Qodirov, klubning bir qator fan klubi a’zolari va yosh sportchilar ishtirok etishdi.

Yig‘ilishdan asosiy maqsad, sportning futbol turini mamlakatimizda keng targ‘ib qilish, stadionga muxlislarning tashrifini oshirish va ularga keng sharoitlar yaratib berish, shuningdek yosh futbolchilar faxriy futbolchilardan o‘zlari uchun kerakli bo‘lgan maslahatlar va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.Xojimuxammedov chiqib, hozirgi kunda mamlakatimizda fan-klublar o‘rtasida sog‘lom raqobat yuzaga chiqqani, yetakchi fan-klublar orasida andijonliklarning muhim o‘rin tutgani, muxlislik saviyasini oshirish uchun izlanishlar olib borilayotganligi, yaqin yillar mobaynida yevropalik muxlislar singari faol bo‘lishlari haqida aytib o‘tdi. Qolaversa, O‘zbekiston muxlislar klubi tomonidan klub fan-klubiga biror maslahat yoki yordam kerak bo‘lsa, vakolati darajasida yordam berishlarini gapirib o‘tdi.

Shundan so‘ng, "Andijon" jamoasi fan-klubi yetakchilaridan biri Furqat Iminov jamoa Superligaga qaytganligi fan-klub a’zolarini xursand qilganini, o‘z navbatida muxlislar jamoani qo‘llab-quvvatlash uchun borini berishlarini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, "Andijon" jamoasi vise-prezidenti Ma’rufjon Abdisalomov joriy mavsumdan fan-klubga alohida e’tibor berayotganini aytib o‘tdi. So‘zining yakunida, bu yil muxlislar klubida yangiliklar juda ko‘pligi haqida gapirdi.

Shuningdek, "Andijon" klubi sport direktori Islombek Rustamov so‘zga chiqib, "Sog‘lom Avlod" stadionida qilinayotgan ishlar yuzasidan hisobot berdi. Jumladan, muxlislar uchun stadionning to‘rtta nuqtasida fast-fud do‘konlari, salqin ichimliklar sotadigan do‘konlar, jamoaning rasmiy kiyimlarini sotadigan savdo nuqtalari qurilayotganini, hamkorlar bilan birgalikda stadionga vay-fay internet tarmog‘i o‘rnatilayotganligi, bularning barchasi muxlislar uchun qulaylik sifatida qilinayotgani haqida ta’kidlab o‘tdi.

So‘ngra, yig‘ilishda ishtirok etgan yosh futbolchilar "Andijon" futboli sobiq to‘purari, faoliyati davomida "Andijon", "Paxtakor" va "Neftchi" kabi jamoalarida to‘p surgan, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq hujumchisi Baxtiyor Hamidullayevga o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

- Baxtiyor aka, faoliyatingiz mobaynida eng zo‘r tandimni kim bilan hosil qilganman deb o‘ylaysiz?

- So‘zsiz - Tohir Mo‘minov! Shunday darajada bir-birimizni tushunardikki, qaysi nuqtada turganimni "o‘qirdi". Qaramasdan aniq to‘pni amalga oshirib bera olardi.

- Futbolchilarni irimchi halq deyishadi. Siz ham irimchi bo‘lganmisiz?

- Futbolchilarni o‘zi uchun sevimli butsasi bo‘ladi. Qaysidir o‘yinni boshqa butsada boshladim va birinchi bo‘limda 3-4 ta yaqqol golga tortadigan vaziyatlardan foydalana olmadim. Shunda jamoadoshim Ma’ruf Po‘latov tanaffus paytida "butsangni almashtirib ol, albatta gol urasan"-dedi. Unga quloq solib ikkinchi bo‘limni o‘zim sevgan butsada boshladim va gol urgandim (kuladi).

- Futbolga qiziqishingiz qachondan boshlangan?

- 6 yoshimdan. Yoshligimda futbol va karate turlarini parallel ravishda olib borganman. Dadam rahmatli futbol muxlisi bo‘lgani uchun futbolni tanlaganman.

Shundan so‘ng, "Andijon" jamoasining sobiq himoyachisi Rahim Qodirov savollarga javob berishga o‘tdi.

- Rahim aka, sportchi bo‘lishingizga oilangizdagilar qarshilik qilishmaganmi?

- Oilamizda sportchi bo‘lmagan. Shu sabab bo‘lsa kerak, onam qarshi bo‘lgan. Har bir sportchini onasi qarshi bo‘lsa kerak, farzandim jarohat olmasin deb (kuladi).  Lekin, dadam yoki akamlar tarafidan qarshiliklar bo‘lmagan.

- Himoyadagi eng yaxshi sherigingiz?

- Tengiz Kobiashvili! Himoya markazida bir-birimizni rosa yaxshi tushunardik.

- Faoliyatingiz davomida qaysi hujumchiga qarshi o‘ynash qiyin bo‘lgan?

- Bahtiyor Hamidullayev. O‘z vaqtida bir jamoada ham, boshqa-boshqa jamoalarda ham birga o‘ynaganmiz.

- Qaysi murabbiyni faoliyatingiz davomida alohida o‘rin tutgan deb ko‘rsata olasiz?

- Ko‘p murabbiylar bilan ishlaganman. Lekin, Orif Mamatkazin alohida o‘rin tutgan murabbiylardan biri deb hisoblayman.

Yig‘ilish yakunida Viloyat mahalla kengashi, Viloyat kasb-hunar ta’lim boshqarmasi va "Andijon" jamoasi rahbariyati har hafta shunday tadbirlar uyushtirishga kelishib olishdi.

"Andijon" jamoasi matbuot xizmati.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:43, 14.02.2019.
O'qildi: 3497 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.