Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

«Navbahor» nazorat o‘yinida Ukraina klubiga mag‘lub bo‘ldi

«Navbahor» nazorat o‘yinida Ukraina klubiga mag‘lub bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Yangi mavsumga tayyorgarlikni Turkiyaning Antaliya shahrida o‘tkazayotgan Namanganning “Navbahor” klubi mazkur yig‘in doirasidagi so‘nggi nazorat –sinov bahsini bugun Ukrainaning “Oleksandriya” jamoasiga qarshi o‘tkazib, 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. “Lochinlar”ning goliga Zafar To‘rayev mualliflik qildi.

Ta’kidlash joizki, ushbu o‘rtoqlik uchrashuvida hisobni ukrainaliklar ochishgandi. Keyin Andrey Kanchelskis shogirdlari muvozanatni tiklashdi va jamoalar tanaffusga 1:1 hisobidagi durang bilan chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo‘limda “Oleksandriya” klubi futbolchilari yana bitta gol urib,
2:1 hisobida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lishdi.

Mazkur o‘yinda “Navbahor” tarkibida quyidagi futbolchilar harakat qilishdi: O‘tkirbek Yusupov, Igor Golban, Jahongir Mehmonov, Mirzohid G‘ofurov, Slavko Lukich, Abdujamol Isroilov, Zafar To‘rayev, Shahzod Shaymanov, Abbos G‘ulomov, Aleksandr Kasyan, Ivan Solovyov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Bahodir Nasimov, Azim Ahmedov, Jasur Azimov.

Jamoamiz a’zolari Turkiyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini 17 fevral kuni yakunlab, yurtimizga qaytishadi. Shundan so‘ng, futbolchilarga qisqa muddatli tanaffus beriladi va yangi mavsum arafasidagi so‘nggi yig‘in Namanganda o‘tkaziladi.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:11, 14.02.2019.
O'qildi: 2703 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.