Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche 0-4 Roma
31/08 22:30 Osasuna 1-0 Xetafe
31/08 23:45 Atalanta 1-0 Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

Janubiy Amerikaning 4 davlati JCH-2010 o‘tkazishga birgalikda ariza topshirmoqchi

Janubiy Amerikaning 4 davlati JCH-2010 o‘tkazishga birgalikda ariza topshirmoqchi

Baho:
+ | -

KONMEBOL mintaqasining 4ta mamlakati — Argentina, Urugvay, Chili va Paragvay 2030 yilgi jahon chempionati mezbonligi uchun qo‘shma ariza topshirishga qaror qilishdi.

Chili prezidenti Sebastyan Pinyera bayonot berib, JCH-2030ni Argentina, Urugvay va Paragvay bilan birgalikda qabul qilishga tayyor ekanini ta’kidladi.

«Bir necha oy avval men Argentina, Urugvay va Paragvay prezidentlariga JCH mezbonligi uchun arizaga Chilini qo‘shish taklifini berdim. Bizning taklifimiz mazkur 3ta mamlakat va Chili futbol federasiyasi tomonidan qabul qilindi.

Qo‘shma mezbonlik Urugvayda o‘tkazilgan dastlabki Mundialning 100 yilligiga bag‘ishlanishi mumkin», — dedi Pinyera.

Eslatib o‘tamiz, 1962 yilda Jahon chempionati Chilida o‘tkazilgan.

Shuningdek, JCH-2030ni Bolgariya, Serbiya, Gresiya va Ruminiya birgalikda qabul qilishni istayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Bundan tashqari, musobaqa mezbonligiga Ispaniya ham da’vogarlik qilayotgan bo‘lsa, Buyuk Britaniya Irlandiya bilan birgalikda ariza topshirishi mumkin.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 07:59, 15.02.2019.
O'qildi: 4180 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик