Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

Yangi mavsumdan Superliga uchrashuvlari teletranslyasiyasida yangicha ko‘rinishdagi andozadan foydalaniladi

Yangi mavsumdan Superliga uchrashuvlari teletranslyasiyasida yangicha ko‘rinishdagi andozadan foydalaniladi

Baho:
+ | -

Yangi mavsumga qizg‘in hozirlik olib borayotgan O‘zbekiston Professional futbol ligasi milliy chempionatimiz uchrashuvlari ommabop va tomoshabopligini oshirish, Superliga brendini yanada ommalashtirish maqsadida qator loyihalarni amalga oshirish arafasida turibdi.

Ularning dastlabkilaridan biri yangi – 2019 yilgi mavsumdan boshlab Superliga uchrashuvlari teletranslyasiyasi sifati va ko‘rinishini yangi darajaga olib chiqish, uchrashuvlar televizor orqali efirga uzatilganda foydalaniladigan teleeffektlar hamohang va mutanosibligini ta’minlash orqali milliy chempionatimizning bir xil shakldagi hamda tanib olish oson bo‘lgan teleeffektlardan iborat shablonini yaratishdir. Ya’ni, milliy chempionat o‘yinlari translyasiyasi boshlanayotganda jamoalar tarkiblari xuddi Yevropaning yetakchi milliy birinchiliklarida bo‘lgani kabi bir xil andoza asosida futbolchilarning harakat orqali chiqib kelishi ko‘rinishida berib boriladi. Qolaversa, takroriy lavhalar va o‘yin hisobi namoyish etiladigan teleeffektlar bir xil ko‘rinishda bo‘lishi ham ko‘zda tutilgan.

Shu maqsadda bugun O‘zPFL tomonidan yangi tashkil etilgan telestudiyada ilk fotosessiya va videoshuting jarayoni bo‘lib o‘tdi. Bugun xalqaro maydonda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan "Paxtakor" va AGMK jamoalari futbolchi va murabbiylari mavsumoldi fotosessiya va videoshuting jarayonimizni rasman ochib berishdi. Qolgan klublar ham mavjud ketma-ketlik asosida shu kunlarda foto va videoshutingda ishtirok etishadi. Navbatdagi mehmon – mamlakatimizning amaldagi chempioni “Lokomotiv” jamoasi a’zolari bo‘ladi.

Mazkur videoshuting davomida jamoalarning tarkiblari TV orqali tanishtirilishi uchun olingan videolavhalar yakunda milliy chempionatimiz o‘yinlarini teletranslyasiya qiluvchi "Sport" telekanaliga taqdim etiladi.

O‘z o‘rnida Professional futbol ligasining ushbu tashabbusini qo‘llab-quvvatlayotgan "Sport" telekanali rahbariyatiga buning uchun minnatdorchilik izhor etamiz.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 22:13, 15.02.2019.
O'qildi: 8061 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик