Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Metallurg» FK fubol qoidalaridagi o‘zgarishlar bilan tanishtirildi

«Metallurg» FK fubol qoidalaridagi o‘zgarishlar bilan tanishtirildi

Baho:
+ | -

Har yili Xalqaro futbol federasiyalari uyushmasi – FIFA futbol qoidalariga bir qator juz’iy o‘zgarishlar kiritib boradi. Shu boisdan ham mavsum arafasida O‘zbekiston futbol federasiyasi rahbariyati klublar rahbariyati, murabbiylar shtabi hamda futbolchilarni shu kabi yangiliklardan voqif etib borish, bahsli vaziyatlarda qanday qarorlar qabul qilinishidan xabardor etib borishni an’anaga aylantirgan.

2019 yilgi mavsum arafasida ham O‘FA hamda O‘zPFL tashabbusi bilan Superliga klublarida maxsus semenarlar tashkil etilayapti. Bugun xorij safaridan qaytib kelgan Bekobodning “Metallurg” jamoasi Toshkent viloyati Qibray tumanidagi o‘quv-mashg‘ulot maskanida to‘plandi. Kunning ikkinchi yarmida esa mazkur qarorgohga taniqli hakam, ayni paytda yetakchi nazoratchilardan biri sifatida ishlab kelayotgan Marat Ismoilov tashrif buyurdi va “Metallurg” murabbiylari hamda futbolchilari ishtirokida semenar o‘tkazdi.

“Futbol qoidalaridagi o‘zgarishlar” mavzusida qilingan ma’ruza futbolchilar va mutaxassislarda katta qiziqish uyg‘otdi. Savol javob tarzida o‘tkazilgan semenar davomida Marat Shokirovich maxsus video tasvirlar, chizmalar orqali bahsli vaziyatlarni tahlil etib, tushuntirib berdi.

"Metallurg" matbuot xizmati

Manba: http://metallurg-pfc.uz
Kiritildi: 22:19, 15.02.2019.
O'qildi: 2146 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик