Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

La liga. «Barselona» kichik hisobda g‘alaba qozondi

La liga. «Barselona» kichik hisobda g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 24-turi doirasida "Barselona" o‘z maydonida "Valyadolid"ni qabul qilib, qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Mezbonlar Yevropa chempionlar ligasi nimchorak final bahsi oldidan kuchni tejab harakat qilishdi. Faqatgina birinchi bo‘lim tugashiga 2 daqiqa qolganida kataloniyaliklar hisobni ochishdi. Mehmonlar o‘z jarima maydonchalari ichida Pikega nisbatan qo‘pollik ishlatishdi. Belgilangan penaltini Messi golga aylantirdi.

Ikkinchi bo‘limda maydon egalari ko‘plab vaziyatlarni yaratishdi. Ammo "Barselona" klubi sobiq darvozaboni Masip naq 6ta seyv namoyish qilib, hisobning yirik ko‘rinish olishiga yo‘l qo‘ymadi va uchrashuv oxirigacha intrigani saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. Jumladan, "Valyadolid" posboni 83-daqiqada Messi tomonidan yo‘llangan ikkinchi 11 metrli zarbani qaytardi.

Ushbu g‘alabadan keyin "Barsa" La liga jadvalida peshqadamlik qilishda davom etadigan bo‘ldi.

Ispaniya La ligasi, 24-tur
Barselona – Valyadolid 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 43, penalti Messi.
Barselona – ter Shtegen, Pike, Alba, Serdji Roberto, Vermalen, Vidal, Buskets, Boateng (Suares, 60), Alenya (Rakitich, 76), Dembele (Koutinyo, 70), Messi.
Valyadolid – Masip, Kiko Olivas, Kalero, Martines, Xoakin Fernandes, Michel, Anuar, Verde (Toni, 67; Plasa, 76), Antonito, Serxi Gvardiola, Unal (Keko, 79).
Ogohlantirishlar: Unal (11), Anuar (34), Messi (67), Michel (70).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:45, 17.02.2019.
O'qildi: 4976 marta.
Fikrlar: 20 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик