“Atletiko” hujumchisi Antuan Grizmann “Rayo Valyekano”ga qarshi o‘yinda gol urdi.
Fransiyalik futbolchi so‘nggi 9 ta o‘yinda “gol+pas” tizimi bo‘yicha 9 ochko jamg‘ardi.
Qolaversa, Grizmann “matraschilar” safida 130-golini urdi. U gol urish bo‘yicha Fernando Torresni ortda qoldirib klub tarixida to‘purarlar ro‘yxatida beshinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.