Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton
01/01 22:30 Kristal Pelas - Fulhem
01/01 22:30 Liverpul - Lids
02/01 01:00 Brentford - Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend - Manchester Siti

Pyontek Levandovski izdoshiga aylanadimi, yoki tezda yonib-o‘chgan «yulduz» Belottiga?

Pyontek Levandovski izdoshiga aylanadimi, yoki tezda yonib-o‘chgan «yulduz» Belottiga?

Baho:
+ | -

To‘g‘risini aytaman, “Milan” mening ko‘zimda “yulduzlar qabristoni” sifatida shakllanib qolgan, nimaga deysizmi?

Hoqon Chalxano‘g‘li, Samu Kastilyexo... Bunday futbolchilarni sanaydigan bo‘lsak, sanog‘iga yetmasligi mumkin.

Pyontek “Milan”ga o‘tgach, polshalik to‘purarga emas “Milan” klubiga achina boshladim.

To‘g‘ri-da, Iguaindek hujumchi eplay olmagan ishni, faqat yarim mavsumni yuqori darajada o‘tkazgan 23 yoshli yigitcha qoyillata olarmidi?, degan savol meni qiynadi.

Boz ustiga, “Milan” qandaydir polshalik uchun 35 millionni hech ikkilanmasdan sanab berdi. “Milan” uchun ko‘p pul sarflab, hech narsasiz qolish yangilik emas-ku deya tanbeh berdim o‘zimga o‘zim.

Lekin “Milan” jamoasidagi ilk 5 o‘yinida Pyontek xato fikrlaganimni tan olishga majbur etdi: 5 ta o‘yin 6 ta gol. Bu bilan Pyontek shunchaki omadi kelayotgan, ruschasiga aytganda “viskochka” emasligini isbotladi va barcha futbol ahlining savollariga Messi aytganidek: “Mening o‘rnimga oyoqlarim gapiradi” deya javob bera oldi.

Tan olaylik, Kshishtof Pyontek maydonda nimalarga qodir ekanligini ko‘rsatishdan charchamayapti.

Pyontek haqida qisqacha: hozirda ko‘p hujumchilar aziyat chekayotgan gol sezish qobiliyati, kuchli raqib darvozasiga teskari turib ham vaziyatni yaxshi his eta olish, eng asosiysi yakunlovchi zarbani darvoza tomon to‘g‘ri yo‘llash uning ochilgan qirralaridan biriga aylanib ulgurdi.

Yaqinda “Atalanta”ga qarshi o‘yindan keyin rasman to‘nimni teskari kiyib, Pyontekni ko‘p sonli muxlislaridan biriga aylandim va “Milan” rahbariyatini ajoyib transfer bilan tabriklashga ijozat bergaysiz.

Pyontek San-Siroga kelganidan so‘ng “Milan” hujumida balans paydo bo‘lishni boshladi. Endi “Milan”ning hujumi faqatgina Susoga bog‘lanib qolmaydi.

Bunda yana bir futbolchining hissasi bor: bu “Milan”ning yana bir ajoyib transferi, braziliyalik Paketa (u ham “Atalanta”ga qarshi uchrashuvda yuqori darajali futbol o‘ynadi).

Pyontek hisobida Italiya chempionati va Kubogida 25 ta gol bor va bu natijaga erishish uchun Kshishtofga atigi 23 o‘yin kerak bo‘ldi. Shubhasiz, havas qilsa arzirli statistika. O‘yin jihatidan olganda futbolchiga gap so‘z bo‘lishi mumkin emas.

 

Nima qoldi? Endi Pyontekni biz insoniylik jihatlari, xarakteri, psixologiyasini bilib olishimiz kerak. Bu jamoaning inqilob paytida, golsiz seriyalarda va futbolning ajralmas qismi – jarohatlarda ko‘rinadi. “Milan” muxlislari meni yomon ko‘rishmasin yuqorida sanab o‘tilganlar albatta, qachondir yuz beradi, axir bu – futbol.

Biz esa o‘shanda haqiqiy Pyontekni ko‘rishimiz mumkin va uning qandayligini yanada yaxshiroq bilib olamiz.

Ko‘ramiz, Pyontek “Bavariya”da bir necha mavsum porlagan Levandovskining izdoshiga aylanadimi, yoki o‘z vaqtida porlab, tezda so‘nggan Belottiga sherik bo‘ladimi?

Jahongirmirzo Sotiboldiyev

WorldNews

Kiritildi: 23:47, 17.02.2019.
O'qildi: 5831 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.