Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Erkinjon Turdimov Samarqand futbolida qanday ishlarni amalga oshirmoqda?

Erkinjon Turdimov Samarqand futbolida qanday ishlarni amalga oshirmoqda?

Baho:
+ | -

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning say’-harakati va tashabbusi bilan joriy yildan viloyatda futbolga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.

VA’DAGA VAFO

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5368-son farmoniga muvofiq, istiqbolli va iqtidorli futbolchilarni tayyorlashning samarali tizimini yaratish, professional futbol klublari uchun sifatli sport zaxirasini shakllantirish, moddiy texnik bazasini yaxshilash borasida Samarqandda ham keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Xabaringiz bor, bundan uch oy avval «Dinamo» klubi bilan uchrashgan viloyat hokimi Erkinjon Turdimov 2019 yildan klubni shaxsan o‘z nazorati ostiga olishini, boshqaruv tizimi va moliyalashtirish manbalarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishni, jamoa uchun eng avvalo sharoitlarni yaxshilab, so‘ng natija talab qilinishini aytgan edi. Qolaversa, “Samarqand” telekanalidagi xalq bilan ochiq muloqot ko‘rsatuvi davomida ham, muxlislarning talab va takliflari o‘rganib chiqilishini ma’lum qilib, “Dinamo” Samarqanddek shahar va viloyatga munosib bo‘lishi shartligini ta’kidlagandi. Va’daga muvofiq, Samarqand viloyat futbol Assosiasiyasi prezidenti Erkinjon Turdimov o‘zgarishlarni viloyat futboli poydevori sanalmish bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasidan boshladi.

AKADEMIYA

Yanvar oyi yakunida viloyat hokimi boshchiligidagi ishchi guruh Samarqand shahrida joylashgan O‘FA va «Dinamo» futbol klubi tasarrufidagi Samarqand viloyat futbol akademiyasida bo‘lib, bolalar futbolining bugungi holatini ko‘zdan kechirdi va eng avvalo ishni viloyat futboli poydevori bo‘lmish akademiyani oyoqqa turg‘izishdan boshlash lozimligini ta’kidladi. Dastlab barcha muammo va kamchiliklar aniqlanib, akademiya tarbiyalanuvchilariga sharoitlarni yaxshilash borasida chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Akademiya yangicha ko‘rinish olishi, ishlar yangicha tarzda olib borilishi uchun qurilish va bunyodkorlik ishlari boshlab yuborildi.

«DINAMO» KLUBI QARORGOHI

Katta o‘zgarishlar amalga oshirilayotgan navbatdagi manzil “Dinamo” futbol klubi qarorgohi bo‘ldi. Jamoa bazasidagi holat bilan shaxsan tanishgan Erkinjon Oqbo‘tayevich Samarqand viloyatining bosh jamoasi moddiy-texnik bazasini yaxshilash, sharoitlarni yaratish borasida bir qator ko‘rsatmalar berdi. Bugungi kunda “Dinamo” PFK qarorgohida qurulish-ta’mirlash brigadalari tomonidan obodonlashtirish va rekonstruksiya ishlari olib borilib, futbolchilarga barcha sharoitlar yaratilmoqda. Shuningdek, yaqin orada Jomboy tumanida “Dinamo” klubi uchun futbol bazasi qurilishi rejalashtirilgan.

STADION

Rejaga muvofiq, yangi futbol mavsumi oldidan “Dinamo” stadionida PFL talablari darajasida sharoitlarni yaratish va o‘yingohni 2019 yilgi chempionatga hozirlash ishlari ham boshlanish arafasida. Mamlakatimizning eng ko‘rkam va sifatli maydonlaridan biri bo‘lmish stadion chimi ham mutaxassislar tomonidan qishki parvarishlash natijasida mart oyidayoq tayyor holga keladi.

UZOQ KUTILGAN O‘ZGARISH

Bir necha yillar davomida Navoiy va Surxondaryo viloyatlaridagi samarali rahbarlik faoliyatidan yaxshi ma’lumki, viloyatning bosh jamoalari - “Qizilqum” va “Surxon” klubi muvaffaqiyatlarida Erkinjon Turdimovning hissasi katta ekanligini mahalliy muxlislar hali hamon eslashadi. Bir necha yillar davomida Samarqandda futbolga e’tibor haminqadar ediki, aytaylik, viloyat bolalar futbol akademiyasi yoki “Dinamo” klubi qarorgohida qilinayotgan hozirgi yangilanish, o‘zgarishlar oxirgi marta necha yil oldin amalga oshirilganligini hatto eslay ham olmaysan kishi.

«DINAMO»GA YANGI AVTOBUS BERILADI

Viloyat hokimi tashabbusi bilan 2019 yilgi yangi mavsum oldidan «Dinamo» futbol klubi moddiy texnik bazasini yaxshilash maqsadida jamoaga Samarqand viloyati hokimiyati va klub homiylari tomonidan yangi zamonaviy avtobus berilmoqda. Hozirda yangi avtobusga “Dinamo” klubi ramzlari tushirilib, buyurtma asosida tayyorlangan. Avtobus 2019 yilgi chempionat startidan boshlab “Dinamo” xizmatida bo‘ladi.

TAYYORGARLIK

Jamoa yil avvalidan rejalashtirilgan yangi mavsum hozirligining dastlabki qismini Samarqandda, 3 va 4-bosqichini esa Toshkentda o‘tkazmoqda. Dastlabki nazorat bahslarida “Dinamo” Navoiyda “Qizilqum” jamoasini 2:3 hisobida mag‘lub etib qaytgan bo‘lsa, Qarshida “Nasaf” bilan durang (0:0) qayd etdi. Toshkentda o‘tayotgan yig‘inda esa Davron Fayziyev shogirdlari o‘rtoqlik uchrashuvlarida “Bunyodkor”ni 2:1, “Surxon”ni 3:0, bugun 16 fevral kuni esa Superliganing yana bir vakili “Qo‘qon-1912” klubini 3:2 hisobida mag‘lub etib, yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

MAQSAD – SUPERLIGA

Eng ko‘p aholiga ega katta viloyatning rahbari barcha sohalar qatori futbolga ham alohida e’tibor qaratayotgani, Samarqandda bolalar futbolidan tortib, professional futbol klubi darajasigacha nazorati doirasidan chetda qolmayotgani, muammo va kamchiliklarga o‘z vaqtida munosabat bildirayotgani zamirida eng avvalo, futbolsevar Samarqand xalqining kayfiyati, mamlakat kelajagi sanalmish bolalar futbolining istiqboli ko‘zlangan. Berilayotgan e’tiborga yarasha “Dinamo” klubi oldiga bu yil Superligaga chiqish vazifasi yuklatilgan.

“Qars ikki qo‘ldan chiqadi” deganlaridek, “Dinamo” jamoasi ham mas’uliyatini his etgan holda yangi mavsumda rahbariyat va muxlislar ishonchini oqlashga jiddiy bel bog‘lagan.

“Dinamo” klubi matbuot xizmati.

Kiritildi: 10:38, 18.02.2019.
O'qildi: 3457 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.