Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

Ivan Rakitich boshqa jamoaga o‘tishga qaror qildi

Ivan Rakitich boshqa jamoaga o‘tishga qaror qildi

Baho:
+ | -

«Barselona» yarim himoyachisi Ivan Rakitich o‘zining kelajagi borasida bir qarorga keldi. Football Italia tarqatgan xabarga ko‘ra, 30 yoshli futbolchi yozgi transfer paytida Italiyaning «Inter» klubiga o‘tishga rozilik berdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, «Barselona» futbolchiga yangi shartnoma taklif qilmoqchi emas. Xorvatiyalik futbolchining "ko‘k-anorranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga yetadi.

Kataloniyaliklar "Ayaks" yarim himoyachisi Frenki de Yong bilan shartnoma imzolashdi. Shuningdek, "PSJ" futbolchisi Adriyen Rabyoni bepul qo‘lga kiritishni ko‘zlamoqda. Shu bois, jamoa yoshi katta futbolchilar bilan xayrlashishi mumkin.

«Barselona» Rakitichning transferidan 65 million yevrodan ko‘proq daromad olishni ko‘zlamoqda.

Yarim himoyachi ushbu mavsumda La liga doirasida 23ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi va bitta golga uzatma berdi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 09:42, 19.02.2019.
O'qildi: 15053 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик