Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Penalti belgilandi. To‘p yonida Siroj Sayfiyev...

Penalti belgilandi. To‘p yonida Siroj Sayfiyev...

Baho:
+ | -

Bugun Samarqandning “Dinamo” jamoasida ko‘p yillar mobaynida to‘p surgan Siroj Sayfiyevni olamdan o‘tganini eshitdim. Uzoq yillar saraton kasalliliga qarshi kurashdi. Sirojga turli xil xayriya orqali yig‘ilgan mablag‘lar orqali moddiy yordam ham ko‘rsatildi.

Uning bu dunyoni tark etganligini eshitib, 2010 yildagi bir voqea yodimga tushib qoldi.
2010 yilgi chempionat yakunlari edi. “Sho‘rtan” Samarqandda “Dinamo” jamoasi bilan bahs olib borgandi. Uchrashuv yakuniga yetib borayotgan pallada hisob 1:1 edi.

So‘nggi daqiqalar o‘tib borayotgan paytda uchrashuv bosh hakami “Sho‘rtan” jamoasi darvozasi tomon penalti belgiladi. “Nuqta”ga esa Sayfiyev yaqinlashdi. Uning bergan zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketib, “Dinamo” tayyor g‘alabani qo‘ldan chiqargandi.

O‘shanda “Dinamo” jamoasi bosh murabbiyi Viktor Jalilov penaltini amalga oshira olmagani uchun jahl ustida Siroj Sayfiyevni o‘rniga uchrashuvning 86-daqiqasida Temur Vasilyevni maydonga tushirgandi.

“Dinamo” (Samarqand) – “Sho‘rtan” (G‘uzor) 1:1

16.10.2010 yil. Samarqand.

“Dinamo” stadioni. 7225 tomoshabin.

Hakamlar: Ravshan Ermatov, Rafael Ilyasov, Abdulhamidillo Rasulov.

Gollar: Boydullayev 39 – SH. Erkinov 74

Amalga oshirilmagan penalti: Siroj Sayfiyev 85.

“Dinamo”: D. Romanenko, A. Nikolayev, D. Oniya, A. Bozorov, U. Qobilov, S. Mustafoyev, E. Boydullayev, I. Yunusov, S, SAYFIYEV (T. Vasilyev 86), O. Krikliviy (H. Raxmonov 78), T. Qobilov.

Bosh murabbiy: Viktor Jalilov.

“Sho‘rtan”: M. Alavidze (A. Korneychuk 46), A. Aliqulov, SH. Raimqulov, YA. Krushelniskiy, V. Afonin (V. Klishin 65), V. Ponomaryov, A. Merzlyakov, SH. Erkinov, I. Taran (L. Ubaydullayev 46), P. Agbo.

Bosh murabbiy: Edgar Gess.

Tarkibga ko‘z yugurtirar ekanman, o‘sha paytdagi "Dinamo" jamoasining ikki nafari hozir oramizda yo‘q ekanligiga haligacha ishonish qiyin - Devid Oniya va Siroj Sayfiyev.

Oilalariga sabr bersin!

Odilbek Tolipov

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:26, 20.02.2019.
O'qildi: 10006 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик