PSJ yarim himoyachi Lassana Diarra bilan xayrlashdi.
Tomonlar o‘zaro kelishilgan holda muddatidan avval shartnomani bekor qilishdi.
Diarra PSJ safida 2018 yilning yanvar oyidan buyon o‘ynamoqda. Shu vaqt ichida u 13 ta o‘yinda maydonga tushdi va PSJ bilan 4 ta sovrinni yutishga muvaffaq bo‘ldi.
Ma’lumotlarga qaraganda, fransiyalik futbolchi faoliyatini tugatib o‘zining shaxsiy biznes loyiha bilan shug‘ullanar ekan.