Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe 0-1 Valensiya
18/01 19:00 Bolonya 1-2 Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton 0-0 Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko 1-0 Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

«Yuventus» YeCHLdan deyarli chiqib ketdimi?

«Yuventus» YeCHLdan deyarli chiqib ketdimi?

Baho:
+ | -

Kecha tunda bo‘lib o‘tgan uchrashuv ko‘pchilikda ikki xil taassurot uyg‘otgan bo‘lsa, ajab emas. Bugun ushbu uchrashuvni tahlil qilishga urinib ko‘ramiz.

Simeone tanlagan taktika

«Atletiko Madrid» juda kam holatlarda ochiq futbol o‘ynaydi. Simeone shogirdlari himoyada bexato o‘ynab, o‘z imkoniyatlari va raqib xatosini kutadi. Mana bir necha yildirki, kerakli natijaga erishib kelmoqda. Kecha Simeone  o‘z shogirdlarini 3 ta vazifa bilan maydonga tushirdi. Pozision hujumga o‘tmaslik, raqibni maydon markazida katta kuch bilan kutib olish, standartlardan maksimal darajada foydalanish. Ajablanarlisi shundaki, «matraschilar» bu ko‘rsatmani to‘liq bajarishdi. «Real Madrid»ga qarshi kechgan uchrashuvdan farqli o‘laroq jamoa tarkibda va taktikada kutilmagan o‘zgarishni amalga oshirdi. Bu uchrashuvda «Atletiko» raqibini to‘liq maydon markazida kutib oldi. Godin hatto Ronalduni «Yuve» maydonchasigacha bir necha bor ta’qib qilib bordi. «Atletiko» o‘z uslubidagi himoyadan pozision hujumga chiqishdan butunlay voz kechdi va o‘yin tizginini boshqa tomonga burib yubordi. Uchrashuv mobaynida Simeone shogirdlari chuqur himoyalanishmadi. Raqibni maydon markazida katta kuch bilan kutib olishgani uchun bunga hojat qolmagan edi. Aynan shu uslubga tayangan holda uyushtirilgan qarshi hujumni eslang. Agar Kosta o‘sha zarbani golga aylantira olganida, uchrashuvda yana ham yirikroq hisob qayd etilgan bo‘larmidi?

«Yuventus»

Allegri ushbu uchrashuv uchun klassik 4-3-3 taktikasini tanladi va Simeonega o‘yinni boy berdi. Allegri raqib hujumlarini buzishi uchun maydonga tushirgan Bentankur va Matyuydi deyarli o‘yinga qo‘shilishmadi. Sababi «Atletiko» pozision hujumga o‘tmadi va  hujumni markazdan uyushtirmadi. Allegri ushbu uchrashuvda taktika ustasi bo‘lsa-da, Simeonening tuzog‘iga tushdi. O‘yin mobaynida «Yuve» hujumchilari maydon markazida o‘ynashga majbur bo‘lishdi.

Bu esa o‘z navbatida tezkor qarshi hujum uyushtirish uchun «keksa sinyora»ga imkon bermadi. Italiya "A" seriyasida chuqur hujumda o‘ynaydigan Manjukich "Metropolitano" stadionida markaziy yarim himoyachi bo‘lib o‘ynadi. Allegri Ronalduning ijodkorligiga umid qilgan bo‘lsa, Simeone aynan Roni uchun o‘z himoyachilarini o‘ta agressiv harakat qilishini talab qildi. Oqibatda, Dibala va Ronaldu uchrashuv mobaynida jarima maydonchasiga yetmasdan bir necha bor to‘xtatildi.

O‘yinni hal qilgan omil

Zaxiradan o‘yinga qo‘shilganlar uchrashuvni hal qilishdi desak, adashmagan bo‘lamiz. Allegri Emre Janni maydonga tushirdi va o‘yinni «o‘ldirish»ga urg‘u berdi. Simeone esa tayanch yarim himoyachisi Partining o‘rniga Lemarni maydonga tushirib, marraga yaqin qolganda tezlikni oshirdi. Morata va Kosta rakirovkasi ham standart vaziyatlardagi ustunlikni ta’minlab berdi. Kechagi o‘yindagi «Atletiko» yutug‘ining asosiy omili bo‘lmish  g‘alabaga bo‘lgan kuchli xohish va istak o‘yinga so‘nggi nuqtani qo‘ydi.

Javob o‘yini

Katta ehtimol bilan Simeone keyingi uchrashuvda kechagi uslubni qo‘llamaydi. O‘z uslubiga xos tarzda  sekinlik bilan o‘yin tempini pasaytirib boradi va oxirida to‘laqonli sindiradi. Allegri agar javob o‘yinida munosib yurish qilib hamkasbiga javob qaytara olmasa, biz «Yuventus»ni shu bosqichning o‘zida qolib ketishining guvohi bo‘lishimiz aniq.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:09, 21.02.2019.
O'qildi: 12590 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.