Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/10 00:00 Real Madrid 1-0 Vilyarreal
11/10 16:00 OKMK 2-2 Navbahor
11/10 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Lokomotiv
11/10 17:00 Elche - Selta
11/10 18:00 Kristal Pelas - Nottingem Forest
11/10 18:00 Xall Siti - Everton
11/10 19:15 Real Sosyedad - Deportivo
11/10 20:30 Liverpul - Manchester Siti
11/10 21:30 Betis - Osasuna
12/10 00:00 Rasing - Valensiya
12/10 18:45 Paxtakor - Al-Qodisiya
12/10 21:00 Al-Vasl - Al-Ahli (SA)
12/10 21:00 Traktor - Ash-Shamol
12/10 23:15 An-Nasr (SA) - Neftchi
12/10 23:15 Al-G‘arafa - Istiqlol
12/10 23:15 Al-Quva al-Javiya - Al-Ayn
13/10 00:00 Koventri Siti - Nyukasl
13/10 00:00 Levante - Sevilya

O‘FA O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

O‘FA O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Mazkur hamkorlikdan asosiy maqsad Universitet talabalari orasida futbol hakamligi va murabbiyligi bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, xalqaro musobaqalarda faoliyat olib boradigan iqtidorli hakamlar va iste’dodli murabbiylarni tayyorlashdan iborat.
 
O‘FA Murabbiylar tayyorlash departamenti va Hakamlar va nazoratchilar departamenti tomonidan O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti yuqori kurs talabalari bilan turli uchrashuvlar tashkil etib, ular orasida hakamlik va murabbiylikka iqtidori bor yoshlar tanlab boriladi. Ular bilan birgalikda turli nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borilib, kasbga bo‘lgan layoqati sayqallab boriladi. Shuningdek, turli musobaqalar tashkil etib, Universitet talabalarining iqtidori mazkur musobaqalarda sinab ko‘riladi. Ularga to‘g‘ri yo‘nalish berib, xato va kamchiliklar tahlil qilib boriladi.
 
Joriy yilning 2 mart kuni O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universitetida talabalar bilan dastlabki uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilgan. Ushbu uchrashuvda taniqli hakam, FIFA referisi Ravshan Ermatov o‘z guruhi bilan ishtirok etadi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 20:14, 22.02.2019.
O'qildi: 1971 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик