Ispaniya La ligasining 25-turi doirasida «Barselona» o‘z maydonida «Sevilya»ni qabul qiladi. Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Ernesto Valverde mazkur o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
«Sevilya» haqida
«Sevilya» o‘z uyida kuchli raqibga aylanadi. Bu raqib top-jamoalarga qarshi bahslarda yaxshi natijalarga erishadi».
Suares haqida
«Suares? U yaxshi ahvolda. Luis o‘tgan haftada dam oldi. Ertaga qanday qarorga kelaman, ko‘ramiz. Lekin, Luis har bir o‘yinda xavfli vaziyatlarni kafolatlaydi, bu muhim. Suares — "Barselona" tarixidagi eng yaxshi beshinchi to‘purar. U so‘nggi o‘yinlarda ko‘plab golli vaziyatlar yaratmoqda. Ozgina sabr qiling, u gol urishda davom etadi».
Umtitining holati haqida
«Umtiti jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘ldi va "Sevilya"ga qarshi o‘yinda maydonga tushish imkoniyatiga ega. Lekin u hali yuqori formaga kirib olishi kerak».
Taqvim haqida
«Bugungi o‘yin oldidan to‘rt kun dam oldik. Bu jamoa uchun foydali. Oldimizda 3ta qiyin safar bahsi kutib turibdi. Diqqat bilan munosib tarkibni tanlashimiz kerak va jarohatlardan ehtiyot bo‘lishimiz lozim. Uchta o‘yinda kuchni qanday taqsimlash haqida o‘ylashimiz lozim».
Jamoaning hozirgi holati haqida
«Jamoa ajoyib tarzda ishlayotganiga guvoh bo‘lib turibman. "Lion"ga qarshi o‘yinda imkoniyatlardan foydalana olmadik, lekin o‘yin va vaziyat yaratish tomonlama biz yaxshi harakat qilyapmiz. Ertangi o‘yin muhim ahamiyatga ega, 3 ochkoni qo‘lga kiritishimiz kerak. Jadvalda raqiblarning bazga yaqinlashishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. Oradan farqni ushlab turishga harakat qilamiz».
Sariq kartochkalar haqida
«Rakitich, Vidal va Langle ertaga sariq kartochka olsalar, "el-klasiko"ni o‘tkazib yuborishlari mumkin. Ammo yetakchi o‘yinchilarni maydonga tushirmay, biz muhim o‘yinda tavakkal qila olmaymiz».
Chempionat haqida
«La liga taqdiri hozirgi kunda hal bo‘lmagan, bu narsa "klasiko"dan keyin ham hal bo‘lmaydi. Umuman olganda, biz raqiblarga ahamiyat bermaymiz. Faqat o‘z o‘yinlarimizga e’tibor qaratamiz».
«Sevilya» futbolchilari haqida
«Navas "Sevilya"ning muhim futbolchisi hisoblanadi. U Ispaniya kubogining dastlabki bahsida ham ajoyib o‘ynadi. Lekin u poluchil jarohat oldi. Uning holatiga murabbiy baho berishi lozim».