Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Ispaniyalik teleboshlovchi qiz Ronalduning ustidan kuldi

Ispaniyalik teleboshlovchi qiz Ronalduning ustidan kuldi

Baho:
+ | -1

Taniqli ispaniyalik teleboshlovchi Kristina Pedroche "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduning "Atletiko"ga qarshi o‘yinda o‘zining tutishini tanqid ostiga oldi.

O‘yin paytida "Atletiko" muxlislari Ronaldu hushtakbozlik qilgan bo‘lishsa, portugaliyalik ularga 5ta barmog‘ini ko‘rsatib, o‘zining hisobida 5ta YECHL sovrini borligi hamda "matraschilar" bunday sovringa ega emasligiga ishora qildi.

«Ha, shunday. Ronaldu besh marta Yevropa chempionlar ligasida g‘olib chiqqan bo‘lsa, «Atletiko» bu sovrinni biror marta qo‘lga kiritmagan. Shuningdek, Krishtianu hisobida 5ta «Oltin to‘p», «Oltin butsa»lar va yana 200 000ta sovrinlar bor... Ammo uning sovrinlar xonasi qanchalik katta bo‘lmasin, ba’zi narsa sig‘may qoladi.

Bu juda yaxshi ish emas. Shunday emasmi? Ronaldu, shuningdek, oyoq barmoqlaridan ham foydalansa bo‘lardi», – dedi jurnalist.

Shundan so‘ng Kristina oyog‘ining 10ta barmog‘i va qo‘lining 9ta barmog‘ini kameraga ko‘rsatib, o‘z harakatiga izoh berdi: "10+5+4 = 19 bo‘ladi. Bu soliqlarni yashirgani uchun Ronalduga solingan millionlab jarima miqdori".

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya sudi Krishtianu Ronalduga nisbatan 18,8 million yevro miqdorida jarima va 2 yillik shartli qamoq jazosini chiqargandi.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 11:16, 24.02.2019.
O'qildi: 16130 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.