Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Beyl «Real»dan norozi ekanini yashirib o‘tirmayapti

Beyl «Real»dan norozi ekanini yashirib o‘tirmayapti

Baho:
+ | -

«Real» hujumchisi Garet Beyl klubdagi hozirgi holatidan norozi bo‘lmoqda. Bunga bir nechta sabablar bor.

Birinchidan, Marselo va Tibo Kurtua tomonidan uelslik futbolchi haqida bildirilgan fikrlar Beylga yoqmadi. Braziliyalik himoyachining aytishicha, Garet faqat ingliz tilida gapiradi va qolgan futbolchilar u bilan imo-ishora orqali gaplashishiga to‘g‘ri keladi. Darvozabon esa jamoadagilar uelslik o‘yinchini "golfchi" deb atashlarini aytgan. Garet bu sport turiga bo‘lgan cheksiz muhabbati tufayli u o‘z uyida golf maydonchasini yaratgan.

Ikkinchidan, klub bosh murabbiyi Santyago Solari asosiy tarkibda Vinisius Junior va Lekas Vaskesga ko‘proq ishonch bildirmoqda. "Levante"ga qarshi o‘yinning ikkinchi bo‘limida zaxiradagi futbolchilar kabi Beyl ham chigalyozdi mashg‘ulotini o‘tkazayotgandi. Ammo 69-daqiqada Kroosning o‘rniga Valverde tushirilganidan keyin Garet mashg‘ulotni yig‘ishtirdi va jahl bilan zaxira o‘rindig‘iga borib o‘tirdi. Marselo esa unga beyjikni yechib, mashg‘ulotni davom ettirish kerakligini aytdi, ammo futbolchi bunday qilishdan bosh tortdi.

Marko Asensio esa yordamchi murabbiy Antonio Pintus qo‘lostida mashqlarni davom ettirayotgandi. Mutaxassis esa Beylning zaxira o‘rindig‘iga o‘tirib olganini ko‘rib, unga indamadi. Oradan 5 daqiqa o‘tib, Pintus futbolchining yoniga kelib, mashg‘ulot o‘tashga buyruq berdi. Natijada 73-daqiqada Beyl Benzemaning o‘rniga maydonga tushirildi.

Beyl 76-daqiqada belgilangan penaltidan samarali foydalanib, raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Ammo futbolchi golni nishonlash uchun o‘ziga yaqinlashayotgan jamoadoshlarining tabriklarini qabul qilishni istamadi. Jumladan, o‘ziga uzatilgan Lukas Vaskesning qo‘llarini itarib tashladi.

Kazemiro esa Garetga intilayotgan Regilonga ishora qilib, uelslik futbolchining yoniga yaqinlashmaslikni aytdi. Beyl faqatgina Karvaxal, Nacho va Modrichdan tabriklarni qabul qildi.

Uchinchidan, ikki hafta oldin «Madrid» futbolchilari jamoaviy kechki ovqatga yig‘ilishdi. Ammo Toni Kroos va Garet Beyl restoranga tashrif buyurishmadi. Tibo Kurtua esa hujumchi erta uxlashga yotishi tufayli jamoaviy kechki taomga kelmaganini aytib o‘tgandi.

Mana shu holatlarning barchasi Garet Beyl va boshqa o‘yinchilar o‘rtasida uzilish borligini ko‘rsatib bermoqda. Futbolchi so‘nggi paytlarda "Qirollik klubi" futbolchilari bilan deyarli hazillashmayapti.

Shu bois, Beyl imkon bo‘lishi bilan "Real"dan ketishini taxmin qilish mumkin.

Manba: realmadrid.ru
Kiritildi: 22:17, 25.02.2019.
O'qildi: 9266 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.