Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

O‘zbekistonlik sportchilar Butunjahon qishki universiadada ishtirok etishadi

O‘zbekistonlik sportchilar Butunjahon qishki universiadada ishtirok etishadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Joriy yilning 2-12 mart kunlari Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida Butunjahon qishki universiada bo‘lib o‘tadi. Ushbu nufuzli sport anjumanida O‘zbekiston sport delegasiyasi ham ishtirok etadi. 

Musobaqada yurtimiz sharafini Ali To‘xtayev va Ivan Merkushin murabbiyligida Komiljon To‘xtayev, Damir Buxarbayev, Aldiyor Gaipov, Yekaterina Lyabina hamda Jasur Mahmudov himoya qilishadi.

Kichik Olimpiada, deya ta’riflanadigan Butunjahon talabalar sport o‘yinlari yoki soddaroq qilib aytganda Universiada mana 50 yildirki, ahamiyati jihatidan jahon sport arenasida ikkinchi xalqaro kompleks tadbir hisoblanadi.

Universiada – Xalqaro talabalar sporti federasiyasi (FISU) shafeligida talabalar o‘rtasida, Olimpiya sikldan farqli ravishda har ikki yilda bir marotaba o‘tkaziladigan xalqaro musobaqa hisoblanadi. Bahslarda 17 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan talabalar va musobaqa o‘tkazilayotgan yilda diplom olgan bitiruvchilar ishtirok etishlari mumkin.

Bu galgi Universiadada 50 dan ortiq davlatdan 3000 nafarga yaqin sportchi ishtirok etishi kutilyapti. Talaba-sportchilar biatlon, tog‘ chang‘isi, kerling, chang‘i poygalari, snoubord, konkida figurali uchish, fristayl, xokkey, to‘pli xokkey, chang‘ida mo‘ljalni olish va short-trek kabi 11 ta sport turi bo‘yicha 76 ta medallar jamlanmasi uchun kurash olib borishadi.

Manba: minsport
Kiritildi: 13:17, 27.02.2019.
O'qildi: 1685 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.