Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

«Qo‘qon-1912» Sidiqovning «Paxtakor»ga o‘tganini tasdiqladi

«Qo‘qon-1912» Sidiqovning «Paxtakor»ga o‘tganini tasdiqladi

Baho:
+ | -

“Qo‘qon-1912” jamoasining yetakchi futbolchisi, Qo‘qonlik muxlislarning yoqimtoyi Javohir Sidiqov yangi mavsumni ijara shartnomasi asosida Toshkentning “Paxtakor” jamoasida o‘tkazadigan bo‘ldi.

Javohir Sidiqov “Qo‘qon-1912” klubiga 2016-yilgi mavsumda , bosh murabbiy No‘’mon Hasanovning taklifi bilan aynan “Paxtakor” jamoasidan kelgan edi. Javohir jussasi kichkina bo‘lishiga qaramasdan sekin astalik bilan jamaomizning asosiy tarkibidan o‘rin ola boshladi. Bosh murabbiyning unga bo‘lgan ishonchi, muxlislarning qo‘llab-quvvatlashlari natijasida Javohir Sidiqov “Qo‘qon-1912” jamoasining almashtirib bo‘lmas futbolchisiga aylandi. Qo‘qonda uni muxlislar “Qo‘qonlik Messi” deb atay boshlashdi.

2017 va 2018-yilgi futbol mavsumlari esa Javohir Sidiqov nafaqat jamoamizning , balki O‘zbekistonning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘ldi deya bemalol ayta olamiz. Javohir O‘zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalar tarkibidagi o‘yinlari bilan nafaqat Qo‘qonlik , balki butun O‘zbekistonlik futbol ishqibozlarining sevimli futbolchisi sifatida tillarda doston bo‘ldi. 

Albatta Javohir Sidiqovning yetuk futbolchi bo‘lib yetishishida “Qo‘qon-1912” futbol klubi bosh murabbiyi No‘’mon Hasanovning ham xizmatlari katta bo‘ldi. Shuningdek Qo‘qonlik ishqibozlarning hoh jamoamiz o‘yinlarida bo‘lsin, hoh terma jamoa o‘yinlarida bo‘lsin, Javohirni birdek qo‘llab turganliklari ham tahsinga sazovordir.

Bunday hurmat e’tiborga sazovor bo‘lish uchun futbolchidan katta mehnat, sabr-bardosh va chiroyli hulq atvorda bo‘lish talab qilinadi. Javohirda esa bu sifatlarning barchasi mujassam edi.

Javohir Sidiqov “Qo‘qon-1912” futbol klubi bilan shartnomasini 2020-yilning so‘ngiga qadar uzaytirgan. 2019-yilgi futbol mavsumida Javohir Sidiqov OCHL o‘yinlarida o‘ynab, o‘z tajribasini yanada orttirishi maqsadida futbolchi “Paxtakor” futbol klubiga ijaraga berildi. Sidiqovning transfer huquqi “Qo‘qon-1912” futbol klubi ixtiyorida bo‘ladi.
“Qo‘qon-1912” futbol klubi rahbariyati,murabbiylar shtabi hamda ko‘p sonli muxlislarimiz nomidan Javohir Sidiqovga kelayotgan mavsumda omad yor bo‘lishini tilaymiz ! Barchamiz Sidiqovning Qo‘qon futboli uchun qilgan mehnatlarini qadrlaymiz. Javohir Sidiqovning nomi “Qo‘qon-1912” futbol klubi tarixiga zarhal harflar bilan yoziladi.
Barchasi uchun rahmat senga Javohir !!!

Manba: www.kokand1912.uz
Kiritildi: 13:20, 27.02.2019.
O'qildi: 3745 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.