Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

«Real Madrid» – «Barselona». Prevyu!

«Real Madrid» – «Barselona». Prevyu!

Baho:
+-1 | -

Bugun Ispaniya kubogi yarim finaldan o‘rin olgan “Real Madrid” hamda “Barselona” jamoalari o‘rtasidagi javob o‘yini bo‘lib o‘tadi. “Kamp Nou”da kechgan ilk uchrashuvda jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan edi. Bugun Madridda haqiqiy jang bo‘lishi aniq.

Mazkur yo‘in oldidan bir qator qiziqarli faktlarni e’tiboringizga havola qilamiz.

1. “Real” so‘nggi bor “Barselona” ustidan 2017 yilning 16 avgust kuni Ispaniya Superkubogi o‘yinida g‘alaba qozongan. Shundan buyon jamoalar 4 marta ro‘baro kelishdi. Undan ikkita o‘yinda “Barsa” g‘alaba qozondi yana ikkita o‘yinda durang qayd etildi. To‘plar nisbati 8:1 “Barsa” foydasiga.

2. Qiziq fakt! So‘nggi 24 ta “el-klasiko”dan buyon kamida 3ta to‘p kiritilyapti.

3. “Qaymoqranglilar” Ispaniya kubogida so‘nggi 39 ta o‘yinning 35tasida mag‘lub bo‘lmayapti.

4. “Real” o‘z maydonida “Barselona”ga so‘nggi 8ta o‘yinning 7tasida 2tadan ko‘p gol ura olmayapti.

"Real" Madrid – "Barselona"

Stadion: "Santyago Bernabeu" (Madrid)

O‘yin boshlanish vaqti: 01:00

Bosh hakam: Xose Mariya Sanches Martines

Jamoalarning taxminiy tarkiblari bilan tanishing:

"Real": Navas – Karvaxal, Varan, Ramos, Regilon – Kazemiro, Modrich, Kroos – Vinisius, Vaskes, Benzema.

"Barselona": Ter Shtegen – Roberto, Pike, Umtiti, Alba – Buskets, Rakitich, Koutinyo – Dembele, Messi, Suares.

Shuningdek, bu o‘yinda kataloniyaliklar hujumchisi Luis Suaresning maydonga tushishi so‘roq ostida turipti. “Real” tarkibdagi o‘zgarishi bu Marselo o‘rniga Regilonning maydonga tushishi. Katta ehtimol bilan yosh himoyachi bugungi o‘yinni asosiy tarkibda boshlaydi.

Mutaxassislarning fikricha bu o‘yinda “Barselona” mezbonlarga qaraganda favorit sanalmoqda. Ammo bu “el-klasiko” unda har narsa ro‘y berishi mumkin.

Bugungi o‘yindan jamoalar ochiq o‘yin ko‘rsatishlari kutilmoqda. Sababi oddiy yutgan finalga yo‘l oladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 13:56, 27.02.2019.
O'qildi: 8517 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик