Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Superliga futbolchilarining barchasi PFL tomonidan bepul sug‘urtalab beriladi

Superliga futbolchilarining barchasi PFL tomonidan bepul sug‘urtalab beriladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

“O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi bilan homiylik shartnomasi imzolagan Professional futbol ligasi PEPSI Superliga klublariga navbatdagi yengillikni yaratib beradi.

Ma’lumki, futbolchilarning maydonda jarohat olmasliklarini hech kim kafolatlay olmaydi. Yaqindagina yorug‘ dunyo bilan xayrlashgan sobiq futbolchi Sirojiddin Sayfiyev bilan ro‘y bergan voqea barcha uchun saboq bo‘lishi kerak. Shundan kelib chiqib Professional futbol ligasi 2019 yilgi mavsumda futbolchilarni sug‘urtalash masalasiga jiddiy e’tibor qaratadi.

Birinchi qadam sifatida PFL har biri 45 nafardan futbolchiga ega bo‘lgan 14 klub a’zolarini bepul sug‘urtalab beradi. Bunda “O‘zbekinvest” har bir futbolchiga 10 million so‘mlik sug‘urta polislarini taqdim etadi. Uning yordamida futbolchilar ehtimoliy jarohatlari uchun moddiy ta’minotga ega bo‘ladi. Mashg‘ulot yoki o‘yin vaqtida olingan jarohatni davolash uchun sarf etiladigan summa 10 million so‘mdan ko‘prog‘ini talab qilsa, PFL tomonidan ishlab chiqilgan yangi shartnomalarga ko‘ra qolgan chiqimlar klub tomonidan qoplab beriladi.

Professional futbol ligasi bunda Pepsi Superliga klublari qoshida faoliyat olib borayotgan ayollar va futzal jamoalari a’zolarini ham unutmaydi. Ular ham bepul taqdim etilgan 10 million so‘mlik polislarni qabul qilib oladi.

Ma’lumot uchun, Professional futbol ligasi 2019 yilgi mavsum uchun badal pullarini oshirmadi. Qo‘shimchasiga, shu vaqtga qadar klublar gardanida bo‘lgan hakamlar, inspektorlar, komissarlar uchun barcha sarf-harajatlarni o‘z bo‘yniga oldi. Lisenziyalash talablarini og‘ishmay bajarayotgan quyi liga klublariga ham PFL yuqoridagi kabi sug‘urta polislarini bepul olib berishni rejalashtirgan.

Manba: PFL
Kiritildi: 15:24, 27.02.2019.
O'qildi: 1732 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик