Ayni paytda Turkiyada yig‘inni davom ettirayotgan Olimpiya terma jamoasi a’zolari bugun nazorat o‘yinida maydonga tushishdi.
Futbolchilarimiz "Istambul Bashakshehir" klubining U-23 jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazib, 1:1 hisobida durang qayd etishdi. Terma jamoamiz tarkibida Islom Qobilov penaltidan gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
Bungacha vakillarimiz Ispaniyadagi yig‘inda ishtirok etib, u yerda Shveysariyaning "Delemon" (2:2) va Gruziyaning "Lokomotiv" (3:2) jamoalariga qarshi ikkita nazorat uchrashuvi o‘tkazishgandi. Turkiyadagi yig‘in 3 mart kunigacha davom etishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi kelasi yil Taylandda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati saralashiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Saralash bahslari shu yilning 22-26 mart kunlari Toshkentda o‘tkazilib, terma jamoamiz a’zolari Osiyo chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun Tojikiston, Hindiston va Pokiston terma jamoalari bilan kuch sinashishadi.
Esanov legionerga aylanishi mumkin [2740]
Gavi «Barselona»ni tark etishi mumkin — ikki top-klub qiziqmoqda [2683]
Yamal «Uembli»da 69 yildan beri kuzatilmagan noyob natijani qayd etdi [2185]
«Real» Zidandan norozi [2048]
O‘zbekiston - ikki karra shaxmat Olimpiadasi chempioni! [2000]
Ispaniya terma jamoasi mag‘lubiyatsiz o‘yinlar bo‘yicha jahon rekordini yangiladi [1985]
Trent Aleksander-Arnold «Real»dagi kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi [1962]
"Bavariya"dagi raqobatdan "Real" foydalanishi mumkin [1827]
«Manchester Siti» himoyachisi terma jamoada maydonga tushishdan bosh tortdi [1714]













