Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/02 21:00 Al-Ahli (SA) - Shabab al-Ahli
16/02 21:00 Sharja - Nasaf
16/02 23:15 Al-Hilol - Al-Vahda
16/02 23:15 Ash-Shorta - Duhayl
17/02 00:45 Kalyari - Lechche
17/02 01:00 Jirona - Barselona

Sportchilarimiz Butunjahon qishki universiadasiga jo‘nab ketdi

Sportchilarimiz Butunjahon qishki universiadasiga jo‘nab ketdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Joriy yilning 2-12 mart kunlari Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida o‘tkazilayotgan Butunjahon qishki universiadasida O‘zbekiston sportlik sportchilar ham ishtirok etishi haqida xabar bergan edik.

Bugun delegasiyamiz a’zolari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan musobaqada ishtirok etish uchun jo‘nab ketdi.

Musobaqada yurtimiz sharafini Ali To‘xtayev va Ivan Merkushin murabbiyligida Komiljon To‘xtayev, Damir Buxarbayev, Aldiyor Gaipov, Yekaterina Lyabina hamda Jasur Mahmudov himoya qilishadi.

Bu galgi Universiadada 50 dan ortiq davlatdan 3000 nafarga yaqin sportchi ishtirok etishi kutilyapti. Talaba-sportchilar biatlon, tog‘ chang‘isi, kerling, chang‘i poygalari, snoubord, konkida figurali uchish, fristayl, xokkey, to‘pli xokkey, chang‘ida mo‘ljalni olish va short-trek kabi 11 ta sport turi bo‘yicha 76 ta medallar jamlanmasi uchun kurash olib borishadi.
Sportchilarimizdan yuqori natijalar kutib qolamiz.

Manba: minsport
Kiritildi: 14:02, 02.03.2019.
O'qildi: 1855 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.