Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

«Bunyodkor» nima sababdan Babayanni kafillikka olgani oshkor bo‘ldi

«Bunyodkor» nima sababdan Babayanni kafillikka olgani oshkor bo‘ldi

Baho:
+1 | -4
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Samvel Babayanning «Lokomotiv» klubi prezidenti maslahatchisi etib tayinlangani haqida xabar berilgach, futbol muxlislari orasida turli munozaralar yuzaga keldi.

Chunki, u O‘FF (hozirda O‘FA) Ijroiya Qo‘mitasi Byurosining 2018 yil 15 yanvardagi 3-sonli qaroriga muvofiq futbolga aloqador har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishdan umrbod chetlashtirilgandi.

Hatto uning hujjatlari prokuraturaga topshirilgani aytilgandi. Ammo Bosh prokuratura matbuot xizmati: «Samvel Babayanga nisbatan hech qanday, hech bir jinoiy ta’qib masalasi yo‘q»ligini bildirdi.

Aslida esa, Babayan 15 kun ichida oqlangani oshkor bo‘ldi. Buni O‘zbekiston futbol assosiasiyasi rasman ma’lum qildi.

O‘FAning xabarida murabbiyga tayinlangan jazo 2018 yilning 1 fevralida «Bunyodkor» klubining Babayanni kafillikka olishi haqidagi xatiga asosan bekor qilingani aytilgach, futbol ommasida yana savollar yuzaga keldi: Nega aynan «Bunyodkor» kafil bo‘ldi? Bu xat bormi o‘zi?

«Bunyodkor» klubining kafillik xati bor ekan. «Tribuna.uz» sayti ushbu xat nusxasini e’lon qildi.

Foto: «Tribuna.uz»

«Mazkur intizomiy jazolar qo‘llanilganidan so‘ng xorij matbuotida paydo bo‘lgan millatchilik g‘oyalariga to‘la asossiz fikrlariga nisbatan Samvel Babayan o‘zining vatanparvarlik pozisiyasini ifoda etib, muammoning yanada chuqurlashishiga yo‘l qo‘ymadi va o‘z aybini tan oldi hamda uni kechirishlarini iltimos qildi. «Bunyodkor» klubi S.Babayanga shaxsiy kafil bo‘lish tashabbusini bildiradi va unga nisbatan qo‘llanilgan intizomiy chorani yengillatishni so‘raydi», — deyiladi «Bunyodkor» klubining o‘sha paytdagi direktori Murod Aliyev tomonidan imzolangan xatda.

Darhaqiqat, Samvel Babayan futboldan umrbod chetlatilishi haqidagi qaror e’lon qilingach, «Armenian Report» sayti jurnalisti Tevos Arshakyan «Samvel Babayan millatchilik qurboni bo‘ldi» deya maqola e’lon qilgan edi. 

Babayan bu maqolaga: ««Sizning provokasion maqolangizni o‘qib, chuqur taajjubda qoldim. Qanday ma’naviy haqqingiz borki, asl vaziyatni bilmay turib, bizning Vatanimizda millatchilik borligi haqida yozasiz! Men, Babayan Samvel, bu buyuk davlatning fuqarosi ekanligimdan faxrlanaman. Men o‘zbek mahallasida tug‘ilganman va mening birinchi so‘zlarim o‘zbekcha bo‘lgan», deb javob qaytargan edi.

Manba: xabar.uz
Kiritildi: 14:03, 02.03.2019.
O'qildi: 12553 marta.
Fikrlar: 28 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.