Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Umid Ahmadjonov Osiyo Olimpiya Kengashi vise-prezidenti bo‘ldi

Umid Ahmadjonov Osiyo Olimpiya Kengashi vise-prezidenti bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Tailand poytaxti Bangkok shahrida Osiyo Olimpiya Kengashining 38-Bosh Assambleyasi (OOK) o‘z ishini davom ettirmoqda. Mazkur tadbirda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Axmadjonov va Bosh kotib Jasur Matchanov ham ishtirok etishmoqda.

Bosh Assambleya davomida 2019-2022 yillar uchun tashkilot rahbariyatiga, Ijroiya Qo‘mitasi va doimiy komissiyasiga a’zolar saylandi. Biz uchun ahamiyatli tomoni shundaki, Osiyo Olimpiya Kengashi vise-prezidentligi lavozimiga Markaziy Osiyo mintaqasidan O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonovning ham nomzodi ilgari surildi. Saylovda ishtirok etganlar bir ovozdan Umid Ahmadjonov nomzodini qo‘llab-quvvatlashdi va shu tariqa u Osiyo Olimpiya Kengashi vise-prezidenti bo‘ldi.

Biz O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, shuningdek, mamlakatimizdagi barcha olimpiya harakati ishtirokchilari nomidan Umid Mahamatdjanovichni yuksak ishonch bilan tabriklaymiz.

Eslatib o‘tamiz, Umid Ahmadjonov shuningdek Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi prezidenti ham hisoblanadi.

«Menga ishonch bildirib, ovoz berganingiz uchun rahmat aytaman. Ushbu ishonch menga g‘urur bag‘ishlaydi, shu bilan birga bu katta mas’uliyat hamdir. Men ushbu lavozimda nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi manfaatlarini himoya qilaman. Asosiy maqsadim XOQ Ijroiya Qo‘mitasi a’zolari safidan o‘rin olishdir. Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tarkibiga kirish uchun bor kuchimni ishga solaman«, – dedi Umid Ahmadjonov.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 14:13, 03.03.2019.
O'qildi: 3690 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.