Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Islom To‘xtaxo‘jayev: «Tinmay hujum qilishga hech qaysi raqib yo‘l qo‘ymaydi»

Islom To‘xtaxo‘jayev: «Tinmay hujum qilishga hech qaysi raqib yo‘l qo‘ymaydi»

Baho:
+ | -

Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi OCHL guruh bosqichi 1-turda o‘z uyida BAAning “Al Vahda” jamoasini qabul qildi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Ushbu uchrashuvdan so‘ng “Lokomotiv” jamoasi himoyachisi Islom To‘xtaxo‘jayev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Al Vahda”ga qarshi uchrashuvning birinchi bo‘limi ikkinchisiga qaraganda nisbatan osonroq bo‘ldi.

O‘yin amaliyotimiz kamligi ikkinchi bo‘limda biroz sezilib qoldi. Tezkor gol urganimiz g‘alaba qozonishimiz uchun katta rol o‘ynadi.

Ikkinchi bo‘limda biroz himoyaga qaytib o‘ynadik. Sababi, tinmay hujum qilishingizga hech qaysi raqib yo‘l qo‘ymaydi. Bir qator xavfli vaziyatlar yaratdik, lekin ularning faqat ikkitasini golga aylantira oldik.

Ikkinchi golga keladigan bo‘lsam, biz mashg‘ulot jarayonida ko‘proq jarima zarbalaridan mashqlar bajaramiz. Bugungi o‘yinda menga omad kulib boqdi va jarima zarbasidan gol urdim”, - deydi Islom To‘xtaxo‘jayev.

Manba: Worldnews.uz
Kiritildi: 23:32, 04.03.2019.
O'qildi: 2553 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик