Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

Ignatiy Nesterov ikki yilga diskvalifikasiya qilinishi mumkin

Ignatiy Nesterov ikki yilga diskvalifikasiya qilinishi mumkin

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasining sobiq darvozaboni Ignatiy Nesterov ikki yil muddatga futboldan chetlatilishi mumkin. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri manbalari xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, OFK tartib-intizom qo‘mitasi vaziyatni o‘rganib chiqqan va tez orada yakuniy xulosani taqdim etadi. Unda Nesterovning ikki yil muddatga diskvalifikasiya qilinishi haqida qaror chiqarilishi kutilmoqda. Hozircha bu borada rasmiy ma’lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Ignatiy Nesterovning qonidan taqiqlangan modda topilgani uchun vaqtinchalik chetlatilgani haqida xabar berilgandi. Ma’lum bo‘lishicha, Osiyo kubogi doirasidagi Ummonga qarshi uchrashuvdan so‘ng doping nazoratidan o‘tgan Nesterovning qonidan «sibutramin» moddasi topilgan. Bu modda odatda sportchilarning vazn tashlashiga yordam beruvchi preparat sanaladi. Uni o‘yin yoki musobaqalar vaqtida iste’mol qilish mumkin bo‘lmagan. Boshqa vaqtlarda, misol uchun o‘yinlar o‘tkazilmagan vaqtlarda bu preparatni iste’mol qilish mumkin bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Ignatiy Nesterov yanvar oyi so‘ngida Saudiya Arabistonining «Uhud» klubi safiga borib qo‘shilgandi. Oldinroq u terma jamoadagi faoliyatini yakunlangani haqida ma’lum qilgan.

Doping mojarosidan so‘ng, Nesterov «Uhud»dan Toshkentga qaytib keldi. Agar diskvalifikasiya amal qiladigan bo‘lsa, futbolchi klub bilan shartnomasini bekor qilishi mumkin.

Manba: gosport.uz
Kiritildi: 21:17, 05.03.2019.
O'qildi: 6158 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.