Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

AGMK – «Buxoro»: O‘zaro o‘yinlar tarixi

AGMK – «Buxoro»: O‘zaro o‘yinlar tarixi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

2008 yildan boshlab O‘zbekiston milliy chempionatida ishtirok eta boshlagan jamoamiz faoliyati davomida Buxoro shahri jamoasi bilan 20 marta to‘qnash kelgan ekan.

Shundan 10tasi o‘z maydonida, 10tasi safarda o‘tkazilgan. O‘z maydonida o‘tgan 10 uchrashuvning 5tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, 3 o‘yin durang va yana 2 bahsda raqib g‘olib bo‘lgan. Jamoamiz o‘z maydonida erishgan 5 g‘alabasidan 2tasida yirik hisobda zafar quchgan (2009 yil – 5:0 va 2011 yil 6:1). Shuningdek, o‘zora o‘yinlardagi duranglarni har uchchalasi ham Olmaliqda o‘tgan bahslarda qayd etilgan. AGMK “Buxoro” bilan 2010 yilgi mavsumda uchrashmagan, sababi buxoroliklar o‘sha mavsumni 1-ligada o‘tkazishgan. Umumiy statistika bo‘yicha jamoamiz hisobida 9 g‘alaba, 3 durang va 8 mag‘lubiyat mavjud. To‘plar nisbati jamoamiz foydasiga - 34-23.

Ko‘p yillik to‘qnashuvlar natijasida bu ikki jamoa tarkibi tez-tez o‘zgarib turganligiga guvoh bo‘lamiz. Ortda qolgan 20 o‘yin davomida AGMK tarkibida 117 nafar futbolchi maydonga tushgan bo‘lsa, “Buxoro” safida o‘ynagan futbolchilar 124 nafarni tashkil etadi. Shu futbolchilar orasida har ikki jamoa tarkibida maydonga tushgan futbolchilar 13 nafar ekan.

Turli yillarda Shuhrat Musayev, Abdurazzoq Jo‘rayev, Georgi Kvesiyeshvili, Arturas Fomenko, Abduqahhor Hojiakbarov, Ma’ruf Murodov, Dilyaver Abibullayev, Saidkomil Akbarov, Shavkat Mullajonov, Shahboz Erkinov, Shavkat Salomov, Salamat Quttiboyev va Arslonmurod Amanovlar o‘zaro o‘yinlarda ishtirok etishgan. Shu bilan bir qatorda har ikki jamoa tarkibida bo‘lgan ammo AGMK yoki “Buxoro”ga qarshi maydonga tushmagan futbolchilar ham bor.

Ular Alisher Samatov, Rahmatullo Berdimurodov, Hasan Asqarov, Qahramon Bahodirov, Otabek Valijonov, Andrey Vlasichev, Aziz G‘ulomxo‘jayev, Artyom Nikitenko, Oybek Nurboyev, Alibobo Rahmatullayev, Dilshod Umarxonov, Vadim Chemirtan va San’at Shixovlardir. Yaqinlashib kelayotgan 21-bahsda sobiqlar to‘qnashuvi yana ko‘payishi mumkin. AGMK tarkibida o‘tgan mavsumlarda “Buxoro” safida to‘p surgan San’at Shixov, Sardor Rahmonov, raqib safida esa Azamat Isroilov, Xurshid Xodjayev maydonga tushishi kutilmoqda.

O‘zaro uchrashuvlarda eng ko‘p maydonga tushgan futbolchilar

AGMK tarkibida “Buxoro”ga qarshi eng ko‘p maydonga tushgan futbolchi Zohir Pirimov ekan. U 13 uchrashuvda jamoamiz sharafini himoya qilgan. Doston Abdurahmonov 10, Yevgeniy Gogol 9, Aleksandr Vostrikov va Abduqahhor Hojiakbarov 8tadan, Darko Stanoyevich 7, Shavkat Mullajonov, Mo‘ydin Mamazulumov, Diyor Turopov va Islom Inomovlar 6tadan o‘yinda “Buxoro”ga qarshi o‘ynagan.

“Buxoro” tarkibida jamoamizga eng ko‘p maydonga tushgan futbolchi Suxrob Ne’matov hisobida ham 13 o‘yin mavjud ekan. Alisher Sanayev 11, Jasur Hasanov 10, Bobur Omonov 8, Otabek Narzullayev va Sardor Qobuljonov 7tadan, San’at Shixov 6 bahsda AGMKga qarshi to‘p surgan.

O‘zaro o‘yinlardagi to‘purarlar

O‘zaro o‘yinlarda AGMK futbolchilari raqib darvozasiga 34 gol urishga erishgan. Eng ko‘p gol Mo‘ydin Mamazulumovga tegishli. U 5 marta “Buxoro” darvozasini ishg‘ol qilgan. Aleksandr Vostrikov hisobida 4 gol bilan ikkinchi, Yovan Jokich 3 gol bilan uchinchi o‘rinda turibdi. Umumiy hisobda 22 nafar futbolchi gol urishga erishgan. Bitta avtogol “Buxoro” posboni Asilbek Omonov hisobiga yozilgan.

“Buxoro” futbolchilari 23 gol urishga erishgan. Jasur Hasanov va Vohid Shodiyev hisobida 3tadan gol mavjud. Suxrob Ne’matov, Ivan Nagayev, Jamoliddin Ubaydullayev va Arslonmurod Amanov hisobida 2tadan gol bor. Umumiy hisobda 15 futbolchi gol urgan.

Kiritildi: 09:05, 06.03.2019.
O'qildi: 1710 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.