Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Azim Ahmedov: « Bu safar «vodiy derbisi» boshqacha bo‘ladi»

Baho:
+ | -

Ayni paytda Andrey Kanchelskis shogirdlari o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini poytaxtimiz Toshkentda olib borishmoqda.

O‘tgan yili bronza medalini qo‘lga kiritgan Namanganning “Navbahor” klubi yangi mavsumda ham o‘z oldiga jiddiy maqsadlarni qo‘ygan. Shu bois, namanganliklar 2019 yilgiCocaColaSuperliga starti oldidan o‘z tarkiblarini ancha kuchaytirishdi.

Ayni paytda Andrey Kanchelskis shogirdlari o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini poytaxtimiz Toshkentda olib borishmoqda. “Navbahor”ning navbatdagi mashg‘uloti yakuniga yetganidan so‘ng, biz 3 yillik tanaffusdan keyin yana namanganliklar safiga qaytgan mahoratli yarim himoyachi Azim Ahmedov bilan suhbat uyushtirdik.

- Superliganing 2019 yilgi bahslariga tayyorgarlik  juda yaxshi kechdi va bundan barchamiz qoniqish hosil qildik hamda yangi mavsum o‘yinlariga hammamiz tayyormiz. 

- Qo‘qonliklarga bilan bo‘ladigan bahs juda qiyin kechishi oldindan ma’lum. Boisi, ta’kidlaganingizdek, bu “vodiy derbisi”. Derbi uchrashuvlari esa azaldan keskin kurashlar ostida va jangovar holda o‘tgan. Bo‘lajak bahs ham albatta bundan mustasno bo‘lmaydi. Bundan tashqari, mavsumning ilk uchrashuvini har qanday jamoa g‘alaba bilan boshlashni istaydi. Shunday ekan, “Qo‘qon-1912” jamoasiga qarshi kechadigan o‘yin ancha qiziqarli tarzda o‘tadi, menimcha.    

- Bu yilgi Superliga bahslari judayam qiziqarli tarzda kechadi, degan umiddaman. Boisi, barcha jamoalar deyarli bir xil kuchga egalar va qanday futbol namoyish etishni o‘rganib bo‘lishgan. Oldingidek, yaqqol peshqadam va autsayder klublar yo‘q, endi. Shu bois, har bir bahs keskin hamda murosasiz kurashlarga boy tarzda o‘tadi, degan umiddaman.

- Qaysidir jamoalarni raqobatchi sifatida alohida ajratib ko‘rsata olmayman. Chunki ta’kidlaganimdek, barcha klublar deyarli teng kuchga ega va ularning barchasi jiddiy maqsadlar uchun kurash olib boradi. Chempionlik unvoni uchun ham ko‘plab jamoalar kurash olib borishsa kerak.

- Ikki davrali tizim menimcha, barcha jamoalar uchun ma’qul variant. Men ham ushbu tizimni yoqlayman. Boisi, qozonda bori cho‘michga chiqadi va hech  qanday e’tirozga o‘rin qolmaydi.

Manba: PFL
Kiritildi: 18:33, 06.03.2019.
O'qildi: 2265 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.