Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:00 Strasbur 2-1 Mets
13/05 00:00 Klermon 0-1 Lion
13/05 00:00 Nant 1-2 Lill
13/05 00:00 Monpelye 0-2 Monako
13/05 00:00 PSJ 1-3 Tuluza
13/05 00:00 Renn 1-1 Lans
13/05 00:00 Marsel 3-1 Loryan
13/05 00:00 Betis 3-2 Almeriya
13/05 19:00 Surxon 1-1 Dinamo
13/05 19:00 Nasaf 0-0 Bunyodkor
13/05 21:30 Lechche 0-2 Udineze
13/05 23:45 Fiorentina 2-1 Monsa
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv - OKMK
14/05 22:30 Osasuna - Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem - Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid - Alaves
15/05 01:00 Jirona - Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ

«O‘zbek futbolini rivojlantirishning bugungi holati: yutuq va muammolar» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

«O‘zbek futbolini rivojlantirishning bugungi holati: yutuq va muammolar» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun 6 mart kuni Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi press-xollida “O‘zbek futbolini rivojlantirishning bugungi holati: yutuq va muammolar” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Anjumanda Professional futbol ligasi bosh direktori Omon G‘ofurov, PFL bosh direktori o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jayev, O‘FA Futbolni rivojlantirish departamenti boshlig‘i Ongar Jalimov, Hakamlar va nazoratchilar departamenti direktori  Ma’mur Saidqosimov, Murabbiylik ta’limi departamenti boshlig‘i Shavkat Imamov va OAV xodimlari qatnashdi.

Ushbu matbuot anjumanida bildirilgan fikrlarni e’tiboringizga havola qilib o‘tamiz.

“Professional futbol ligasi yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdi, - deya o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi PFL bosh direktori Omon G‘ofurov. – Bu mavsum jamoalar soni 14taga oshirildi. Superligada raqobatni oshirish bilan birga, Pro-ligada ham jamoalar saviyasini oshirish uchun katta hajmdagi ishlar amalga oshirilmoqda. To‘g‘ri, kamchiliklar hali bor. Ana shu kamchiliklarni birgalikda bartaraf etishga harakat qilamiz”.

Diyor Imomxo‘jayev:  “Futbolni rivojlantirish uchun bolalar futbolini isloh qilishimiz kerak. Eng katta muammo bu yoshni kichraytirish bilan bog‘liq. Biz bunga qarshi huquq tartibot organlari bilan birgalikda kurash olib borishni rejalashtiryapmiz.

Bolalar futboli uchun FIFA tomonidan ishlab chiqilgan aniq tizim bor. Ya’ni, professional futbolchi klubini almashtirgan taqdirda, uni bolalikdan tarbiyalagan murabbiyga har safargi transferdan ulush bo‘ladi. Bizda bu tizim yillar davomida ishlamay kelmoqda. Maqsadimiz – bu tizimni o‘zbek futboliga ham tadbiq etish.

Hozir murabbiy shogirining yoshini kichraytirib, biror musobaqada g‘olib chiqishdan manfaatdor. U professional futbolda qay darajada o‘ynab ketishi esa ikkinchi darajali. Agar FIFA tizimini yo‘lga qo‘ya olsak, murabbiy shogirdini yoshini kichraytirishdan emas, balki uni professional futbolchi qilib tarbiyalashni ko‘proq o‘ylaydi”.

Ongar Jalimov: “Biz yosh futbolchilarni nazorat qilib borish uchun umumiy ma’lumotlarbazasini yaratishimiz va uni onlayn tarzda ishga tushirimiz kerak. Hozir biz bolalarning “pasporti” bilan ish yuritamiz. Bu juda og‘ir. Yangi g‘oya esa ishimizni ancha osonlashtiradi. Qolaversa, yosh kichraytirish bilan bog‘liq illatlarning ham oldi olinadi. Istalgan paytda onlayn tarzda har qanday futbolchi haqida ma’lumot olish imkoni paydo bo‘ladi”.

Ma’mur Saidqosimov: “O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan mamlakatimizda malakali hakamlarni tayyorlash va ularning saviyasini oshirib borish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va spor universiteti  bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mazkur hamkorlikdan asosiy maqsad Universitet talabalari orasida futbol hakamligi bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, xalqaro musobaqalarda faoliyat olib boradigan iqtidorli hakamlarni tayyorlashdan iborat. Biz yangi mavsumda yosh hakamlarga ko‘proq e’tibor qaratib, ularning mahoratini oshirib borishga harakat qilamiz”

Shavkat Imamov: “Bolalar futbolini rivojlantirishni istar ekanmiz, birinchi navbatda malakali bolalar murabbiylari bizga kerak bo‘ladi. Shu sababli O‘FA tomonidan murabbiylarni tayyorlashga katta ahamiyat qaratilmoqda. OFK bilan hamkorlikda turli o‘quv kurslari tashkil qilinyapti. Shuningdek, iqtidorli murabbiylarni saralab olib, ularni tajriba oshirish uchun Yevropa mamlakatlariga yuborishni ham rejalashtirganmiz. Bundan tashqari, murabbiylar uchun yurtimizga tashrif buyurayotgan mutaxassislar ishtirokida turli seminarlar o‘tkazib kelinmoqda. Bu yo‘nalishdagi ishlarni yanada rivojlantirish rejalashtirilgan”. 

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 21:15, 06.03.2019.
O'qildi: 4784 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.