Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna - Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

Katta shaharlarda ham kichik ko‘ngilsizliklar bo‘ladi, lekin bu «katastrofa»

Katta shaharlarda ham kichik ko‘ngilsizliklar bo‘ladi, lekin bu «katastrofa»

Baho:
+2 | -

Futbol ahli larzaga keldi. “Real” “Bernabeu”da ketma-ket 4 marta mag‘lubiyatga uchradi.

Bunaqasi bo‘lmagan: 2004 yilda “qaymoqranglilar” qatorasiga 3 marta o‘z uyida mag‘lubiyatga uchragani haqida ma’lumot bor. Ammo bunaqasini yaqin o‘rtada eslay olmaymiz.

Boz ustiga “Real”dan antirekordlar qayd etilishiga odam ancha o‘rganib qoldi. Asosiysi “Real” o‘z uyida tarkibi asosan 1996-1997 yilda tug‘ilgan futbolchilardan tashkil topgan “Ayaks” jamoasiga mag‘lub bo‘ldi.

Ishonish qiyin ketma-ket 3 yildan buyon Yevropa “toji”ni hech kimga bermay kelayotgan klub bu yil o‘z ishtirokini 1/8 finalda tugatdi.

O‘yinga utsak, “Ayaks” haqiqatdan ham chiroyli futbol namoyish etib berdi. Frenki De Yong harakatlarini muxlislar alohida e’tibor bilan kuzatishgan. Chunki bu futbolchi navbatdagi “Real”ga qarshi o‘yinni “Barselona” libosida o‘tkazadi.

Buni futbolchi tushungan holda o‘zini qo‘rsatdi, eng faollardan biri bo‘ldi, maydon markazida Modrich bilan tengma-teng o‘yin ko‘rsatdi. Ba’zi-bir vaziyatlarda xorvatiyalikdan yaxshiroq ham bo‘ldi. Bir so‘z bilan aytganda kelajakda “Real”ga yaxshigina bosh og‘rig‘i bo‘lishini ko‘rsatib ko‘ydi.

Hakim Ziyoshni ham a’loxida ta’kidlab o‘tish joiz, jazoirlik futbolchi birinchi o‘yinda bo‘lganidek mazmunli o‘yini bilan esda qoldi. De Ligt esa “Barselona”dan keladigan “sovchilar”ning niyatini yanada jiddiylashtirgan bo‘lsa ajab emas. Tadich, Sho‘ne...

Agar axshi o‘ynaganlarni sanasak, “Ayaks”ning har bir futbolchisi nomini aytib o‘tsak uyat bo‘lmaydi.

Mag‘lubiyatga sabab? Solari “Real” darajasida emas deb yana aytish mumkin. “Real”ga yana qancha mag‘lubiyat yoki antirekord kerak? Buni prezident Peres qachon tushunib yetadi? Hozirda Yearopaning xohlagan top murabbiyiga Madriddan qo‘ng‘iroq bo‘lsa “bir chuqur nafas olib” keyin go‘shakni ko‘tarishi aniq. Madridda moliyaviy muammo yo‘q, lekin yaxshi murabbiy taklif qilish uchun nima to‘sqinlik qilyapti?

“Ayaks” “Bernabeu2da “yayradi”, qaysidir ma’noda futboldagi akalariga dars o‘tib berdi. Yosh futbolchilarda bosim yo‘q edi va ular mazza qilib futbol o‘ynashdi. OAV mag‘lubiyatga Vinisius va Vaskesni jarohati sabab bo‘lganini aytmoqda. To‘g‘ri-ku, lekin ular o‘rniga kimlar maydonga tushdi: Beyl va Asensio. Kulguli emasmi?

“Real”dek jamoani bunday oqlash – ABSURD. Vinisius hozirgi “Real”ning eng xavfli o‘yinchilaridan biri, ammo “galaktikos” qaydaydir 18 yoshli bolakayga bog‘lanib qolmasligi kerak emasmi.

Nima ham derdik, futbol shunisi bilan ham qizziq, katta shaharlarda ham kichik ko‘ngilsizliklar bo‘ladi, ammo buni kichik ko‘ngilsizlik emasligini hamma tushunib turibdi.

Ronaldu ketdi, nega uning darajasidagi futbolchi jamoaga taklif etilmadi? Sababi Krish darajasidagi futbolchini topish hozircha oson emas, hech bo‘lmaganda unga o‘xshashrog‘ini topsa bo‘lar edi-ku...

Zidan ham allaqachon ketdi. Lopetegi mojarosi: Bu mutaxassis futbol ahliga uncha yoqmadi, nega deysizmi? Terma jamoa murabbiyi Jahon chempionati boshlanishiga oz vaqt qolganda o‘zi tug‘ulib o‘sgan vatani bosh jamoasini tark etib, klubda ish boshladi. Bu Rossiya maydonlarida Ispaniyadek g‘oliblikka da’vogar bir terma jamoani pozisiyasiga “yaxshigina” tasir qildi.

O‘ylab ko‘ring Mirjalol Qosimov termani mundialga olib chiqib, JCH boshlanishiga 2-3 kun qolganda “Bunyodkor”ga ketib qolsa... Tasavvur qildingiz-a? Qancha “rahmat” eshitardi.

Aytish mumkin axir bu “Real” hop keldi ham nimani qoyillatdi? Hammasi shundan boshlandi Zidandan keyin, darajasi balandroq murabbiy taklif qilinish kerak edi.

“Real”ga muxlislari tugul unga xeyterlarham achina boshladi. Nima qilsin axir ko‘z o‘nglarida dunyoning eng mashhur klublaridan biri “cho‘kib” boryapti. Germaniyada bir gap bor agar shifokor bemorni davolasa, u qanday davolaganini farqi yo‘q.

Qayday qilib bo‘lsada klubni ko‘tqarish kerak. Hozirgina o‘qidim Solariga yana imkoniyat berilgan emish. Bilmadim Peres nima qilmoqchi. Shu ketish bo‘lsa Peres Solari bilan birga ketadi.

Manba: Worldnews.uz
Kiritildi: 15:36, 07.03.2019.
O'qildi: 9427 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.