Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Prevyu. “Dinamo” – “Nasaf”

Prevyu. “Dinamo” – “Nasaf”

Baho:
+ | -

8 mart kuni yangi Coca-cola Superligasiga start beriladi. “Ajdarlar” Coca-cola Superligasi 1-turini Samarqandning “Dinamo” jamoasiga qarshi maydonga chiqishadi.

Yon qo‘shnilar sanalmish Samarqand va Qarshi shahri jamoalari o‘rtasidagi har bir uchrashuv qiziqarli va kutilmagan natijalarga boy bo‘lgan. Shuningdek “Dinamo” jamoasi “Nasaf” uchun doimo noqulay raqib bo‘lib kelgan.

Samarqand jamoasi bir yillik tanaffusdan so‘ng yana Superligaga qaytdi. Eslatib o‘tamiz “Dinamo” jamoasi Pro-ligada ishtirok etgan edi.

Mana oradan bir yil o‘tib, mazkur jamoalar yana Superligada tuqnash kelishmoqda. “Dinamo” – “Nasaf” uchrashuvi 9 mart shanba kuni “Dinamo” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 16:00da boshlanadi.

O‘zaro uchrashuvlar tarixidan
Mazkur klublar oliy ligada shu kungacha 38 bor kuch sinashishgan. Natijalar jamoamizning ustunligini ko‘rsatmoqda. Bo‘lib o‘tgan 20 uchrashuvda “Nasaf”, 7 o‘yinda esa “Dinamo” g‘alabaga erishgan. 11 uchrashuvda durang natijasi qayd etilgan.
To‘plar nisbati 35:55ga teng. Ustunlik “Nasaf” tarafida.
O‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha: “Nasaf” – “Dinamo” 5:0, “Dinamo” – “Nasaf” 4:0.
Jamoamiz so‘nggi o‘zaro uchrashuvni 2017 yil 20 oktyabrda Qarshida o‘tkazgan. Bu uchrashuv 3:0 hisobida yakunlangan. 2018 yilgi mavsumda “Dinamo” Superligada ishtirok etmagan.

Samarqanddagi o‘zaro bahslarga oid
Ushbu jamoalar shu paytgacha Samarqandda 18 bor kuch sinashishgan. Uchrashuvlarning oltitasida jamoamiz g‘alaba qozongan. Besh uchrashuvda samarqandliklarning qo‘li baland kelgan. Qolgan yetti uchrashuvda kuchlar teng kelgan. Darvozalarga jami 39ta to‘p kiritilgan. To‘plar nisbatida ham kichik ustunlik “Nasaf” tomonida 19:20.
Samarqandda bo‘lib o‘tgan o‘zaro uchrashuvlarda so‘nggi bor, 2008 yili “Dinamo” 3:0 hisobida g‘alabaga erishgan. “Nasaf” so‘nggi bor, Samarqandda 2014 yili g‘alaba qozongan. Bu uchrashuvda “ajdarlar” raqiblari darvozasiga beshta javobsiz to‘p yo‘llashgan.
E’tiboringizga, Samarqandda bo‘lib o‘tgan so‘nggi besh uchrashuvning natijalarini havola qilamiz.

13.05.2017 «Dinamo» - «Nasaf» 1:1
31.10.2015 «Dinamo» - «Nasaf» 1:1
03.08.2014 «Dinamo» - «Nasaf» 0:5
17.08.2013 «Dinamo» - «Nasaf» 1:3
15.03.2012 «Dinamo» - «Nasaf» 0:2
20.06.2011 «Dinamo» - «Nasaf» 0:1

Manba: Fcnasaf.uz
Kiritildi: 15:53, 07.03.2019.
O'qildi: 3455 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.