Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

«Ice City» majmuasida figurali uchish bo‘yicha festival tashkil etildi

«Ice City» majmuasida figurali uchish bo‘yicha festival tashkil etildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Mazkur jarayonda “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni, qolaversa, Vazirlar Mahkamasining mamlakatimizda qishki sport turlarini rivojlantirish to‘g‘risida Davlat dasturi qabul qilinganligi muhim dasturulamal bo‘lib xizmat qilayotir.

Yurtimiz aholisi orasida qishki sport turlarini yanada ommalashtirish maqsadida kecha poytaxtimizdagi “Ice City” sport-ko‘ngilochar majmuasida qishki sport turlarining eng nafis yo‘nalishi bo‘lmish figurali uchish bo‘yicha festival tashkil etildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,qishki sport turlari assosiasiyasi, sportning qishki va murakkab texnik turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi hamda “Ice City” sport-ko‘ngilochar majmuasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu festivalda qariyb 60 nafar o‘smir va qizlar o‘z mahoratini namoyish etdi.

Figurali uchish bo‘yicha O‘zbekiston chempionlari, ko‘plab xalqaro turnirlarning g‘olib va sovrindorlari ishtirokidagi badiiy chiqishlarni shu oqshom “Ice City” majmuasiga kelgan poytaxtimiz aholisi olqishlar bilan qarshi oldi.

Bugun yurtboshimiz tomonidan mamlakatimizda sport va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga alohida e’tibor berilmoqda. E’tiborlisi, bu jarayondan qishki sport turlari ham chetda qolmayapti. Bizni quvontiradigan jihat, ilgari yurtimizda qishki sport turlari bilan shug‘ullanish uchun imkoniyatlar cheklangan edi. Hozir hukumatimiz, qolaversa tadbirkoru ishbilarmonlarimiz tomonidan ham bu sohaga jiddiy e’tibor berilmoqda. Xususan, poytaxtimizda “Ice City” majmuasining barpo etilishi qishki sport turlari ishqibozlari uchun ajoyib imkoniyatlarni taqdim etdi, deyish mumkin. Bugungi festivalni o‘tkazishdan ko‘zlangan bosh maqsad – xalqimiz orasida qishki sport turlarining nafis va jozibador turi bo‘lmish figurali uchishni keng targ‘ib etishdan iborat. Agar bugungi festivaldan keyin hech bo‘lmasa 4-5 nafar o‘g‘il-qizning qalbida figurali uchishga qiziqish uyg‘onsa, biz maqsadimizga erishgan bo‘lamiz, - dedi biz bilan suhbatda sportning qishki va murakkab texnik turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori Komiljon Xolmatov.

Festival yakunida har bir ishtirokchi tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Ammo, muhimi bu emas. Asosiysi, festival bahonasida yoshlarimiz orasida ushbu sport turiga qiziqish uyg‘onsa va ertaga ular sport to‘garaklari tomon oshiqsa, bu ertangi avlodning har jihatdan sog‘lom va barkamol bo‘lib ulg‘ayishiga xizmat qiladi. Sog‘lom avlod esa – sog‘lom kelajak kafolatidir.

Manba: minsport
Kiritildi: 21:13, 08.03.2019.
O'qildi: 1753 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.