Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/02 21:00 Al-Ahli (SA) - Shabab al-Ahli
16/02 21:00 Sharja - Nasaf
16/02 23:15 Al-Hilol - Al-Vahda
16/02 23:15 Ash-Shorta - Duhayl
17/02 00:45 Kalyari - Lechche
17/02 01:00 Jirona - Barselona

Sharofiddin Lutfullayev Marokash Gran-prisida zafar quchdi

Sharofiddin Lutfullayev Marokash Gran-prisida zafar quchdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabar berganimizdek, bugun Marokashda dzyudo bo‘yicha Gran-pri seriyasiga kiruvchi musobaqa start oldi. Tokio Olimpiadasiga reyting ochkolarini beruvchi joriy turnirning birinchi kuni terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli yakunlanadigan bo‘ldi. Quvonarlisi, musobaqaning birinchi kunida erkaklar toifasidagi ikkala vaznda ham hamyurtlarimiz finalda ishtirok etishdi.

Dastlab -60 kilogramm vazn toifasida Sharofiddan Lutfullayev oltin medal uchun kechgan bahsda ukrainalik Artyom Lesiukka qarshi kurashdi. Bellashuvning asosiy vaqtida g‘olib nomi aniqlamagach «oltin ochko»ga murojaat qilindi. Qo‘shimcha vaqtning 13-soniyasida Lutfullayev bajargan usul yakunda terma jamoamiz uchun musobaqadagi dastlabki oltin medalni hadya qildi.

Yana bir necha daqiqadan so‘ng -66 kg vazn toifasida Shahram Ahadov bronza medali uchun, Sardor Nurullayev esa chempionlik uchun tatamiga chiqadi. Bo‘lajak bahsda yurtdoshlarimizga omad tilaymiz!

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 22:26, 08.03.2019.
O'qildi: 2269 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.