Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Teletranslyasiyalar masalasida

Teletranslyasiyalar masalasida

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Sport-TV bilan hamkorligimiz muhim jihat. Aslida PFL teletranslyasiya huquqini sotishi va tushgan daromadni klublar o‘rtasida taqsimlashi kerak. Ammo bizda buning imkoni yo‘q. Chunki Superliga o‘yinlarini olib ko‘rsatishga talabning o‘zi yo‘q.

Futbol uchrashuvlarini ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ikki telekanalimiz bor: Sport-TV va Futbol-TV. Ikkinchisi o‘z yo‘nalishini Yevropa orqali belgilab oldi. Unga ichki chempionat o‘yinlari qiziq bo‘lmasligi katta ehtimol. Chunki hozirgi holatda Superliga o‘yinlarini ko‘rsatish daromad manbai emas, balki katta chiqimdir.

2018 yilgi mavsumda MTRK mana shu chiqimdan qochmadi va katta tavakkalga qo‘l urdi. MTRK uzoq yillar monopol tashkilot bo‘lib keldi. Biroq texnika tomondan olib qarasak, unda qator muammolar bor. Bu muammolar Sport-TV uchun ham ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi. Aytaylik, siyosiy doirada katta tadbirlar bo‘lib qolsa, KTS asosan shu tarafga yo‘naltiriladi va bunda futbol uchinchi darajaga tushib ketadi. Qolgan vaqtlarda esa kompaniya bor kuchini to‘plab, o‘yinlarni ko‘rsatishga harakat qildi.

Ayni vaqtda PFL Sport-TV o‘zini ushlab turishidan manfaatdor. Chunki vaqti kelib eplay olmay qolsa, uning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan muqobil telekanal butun O‘zbekistonda mavjud emas. Shuning uchun ham PFL ba’zi jabhalarda telekanalni qo‘llashga-da harakat qiladi.

Bugun odamdar Surxondaryodagi o‘yin nega ko‘rsatilmadi, deb talab qilyapti. Bu bir tarafdan yaxshi, chunki bir yil avval planka yuqoriga olib chiqildi. Muxlislar yanada ko‘prog‘ini kutaveradi. Ammo unutmaslik kerakki, “Surxon” klubining yaqindagina Superligaga qo‘shilib qolgani nafaqat PFL, balki Sport-TV rejalariga ham ta’sir ko‘rsatishi ma’lum edi. Sport-TV uchrashuvni ko‘rsatish harakatini qildi, shunchaki texnik muammolarga duch keldi. Balki keyinroq Surxondaryoda bo‘ladigan futbol uchrashuvlarini ham jonli ko‘rsatishga o‘tishar. Buning uchun biroz vaqt kerak.

Coca Cola bilan shartnoma tuzilganiga ham ko‘p bo‘lmadi. Shundan kelib chiqib, kompaniya 2-turdan boshlab to‘laqonli targ‘ib qilinishini yaxshi biladi, bu haqda ogohlantirilgan ham. O‘rtadagi tanaffus vaqtida bu kemtiklarni yopish mumkin bo‘lar.

Diyor Imomxo‘jayev

Manba: Диёр Имомхўжаев телеграм канали
Kiritildi: 16:07, 10.03.2019.
O'qildi: 2293 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик