Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Igor Yelich: «Arab jamoalari bir-biriga o‘xshash»

Igor Yelich: «Arab jamoalari bir-biriga o‘xshash»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

Toshkentning «Lokomotiv» klubi Osiyo Chempionlar Ligasidagi yurishini «Al-Vahda» jamoa­siga qarshi o‘yin bilan boshladi. Shiddatli va chiroyli gollarga boy bo‘lgan bahs hamyurtlarimizning ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi. Mazkur uchrashuv yakuniga yetgach, jamoaning legioner futbolchisi Igor Yelichdan intervyu oldik. Garchi tajribali himoyachi maydonga tushmagan bo‘lsada, sheriklarini zaxira o‘rindig‘ida qo‘llab-quvvatlab turdi.

- Igor, «Lokomotiv» OCHL-2019 guruh bosqichidagi dastlabki uchrashuvga qanday reja tuzgandi?

- Bu muhim o‘yinga so‘nggi ikki kun davomida astoydil tayyorgarlik ko‘rdik. «Al-Vahda»ning avvalgi uchrashuvlari qayd etilgan videoyozuvlar orqali raqibni o‘rganib chiqdik. Ko‘rganingizdek, uchrashuv oson o‘tmadi. Birinchi bo‘limni a’lo darajada o‘tkazdik. Tezkor gol ishimizni birmuncha yengillashtirdi, deyish mumkin. Ko‘plab vaziyatlarni yuzaga keltirdik, ammo ulardan foydalanishda biroz sustkashlikka yo‘l qo‘ydik. Qayerdadir omad ham bizdan yuz o‘girdi. Ikkinchi bo‘limda o‘yin o‘zgarib ketdi. Dastlabki besh daqiqada raqib bizni bosim ostida ushlab turishga urindi. Barcha ko‘rdi, uchrashuvda ustunlikka erishdik. Raqibga nisbatan bizda vaziyatlar ko‘p bo‘ldi.

- «Al-Vahda» jamoasidagi legioner hujumchi Sebastyan Talyabuedan xavf kutganmidingiz?

- Albatta! Nafaqat undan, balki boshqa futbolchilardan ham ehtiyot bo‘lish talab etilardi. Talyabue yuqori saviyadagi hujumchi. Bu futbolchiga qarshi o‘tgan yili o‘ynagandim. Bugungi g‘alaba tasodif emas. Biz mazkur jamoa va futbolchilari haqida yetarli ma’lumotga ega edik. Xuddi shu klub bilan OCHL-2018 guruh bosqichida o‘ynab, ikki marta yirik hisobda g‘alaba qozonganmiz. Bu bizga qo‘shimcha ruhiy ustunlikni taqdim etdi.

- Tanaffus vaqtida Andrey Fyodorov maydonda harakat qilgan futbolchilarga qanday ko‘rsatmalar berdi? Himoyaga e’tibor qaratishni uqtirdimi yoki hujumni kuchaytirishni?

- Murabbiyi ko‘proq o‘yinni nazorat qilib, vaziyatlardan unumli foydalanish kerakligini aytdi. O‘zingiz bilasiz, bizda chempionat hali boshlanmadi. Shuning uchun futbolchilar 90 daqiqa pressing ishlatishga tayyormas. Ayrim hollarda raqibga qarab o‘ynashga ham to‘g‘ri keladi. Bu normal holat.

- Barcha o‘yinchilar hali formaga kirib olmagandek tasavvur uyg‘otmoqda... Bu holatni qanday izohlaysiz?

- Umuman olganda, gapingizda jon bor. Ammo barcha futbolchilarning kayfiyati a’lo. Biz milliy chempionat boshlanishini va «Paxtakor»ga qarshi kechadigan bahsni intizorlik bilan kutmoqdamiz. Mazkur uchrashuv qiziqarli tarzda o‘tadi, deb o‘ylayman. Chunki bu - derbi. Superliga boshlanishiga oz fursat qoldi. Ijobiy natijaga erishishga harakat qilamiz. «Paxtakor» bilan o‘yinlar hamisha murosasiz kechgan. Chempionatni g‘alaba bilan boshlamoqchimiz.

- Jamoaning to‘liq formaga kirib olishi uchun qancha vaqt ketadi, deb o‘ylaysiz?

- Hozirgacha ikkita rasmiy uchrashuvda maydonga tushdik. Ikkala bahsda ham o‘zimiz uchun kerakli natijaga erishdik. Yana uch-to‘rtta bellashuvdan so‘ng yaxshi sport formasiga kirib olamiz. O‘yin sifati ham vaqt o‘tgan sari yaxshilanib boradi. May oylarida optimal holatda bo‘lamiz. Tabiiyki, bu oyda OCHL hal qiluvchi pallaga kiradi.

- Ikkinchi turdagi raqib - «Al-Ittihod» haqida nima deya olasiz?

- To‘g‘risi, Saudiya Arabistoni jamoalariga qarshi maydonga tushmaganman. Raqib haqida tegishli tasavvurga ega bo‘lish uchun vaqt yetarli. Eng avvalo, o‘z xatolarimiz ustida ishlaymiz. Keyin turli vositalar orqali ularni o‘rganamiz. Toshkent derbisidan so‘ng bu haqda o‘ylashni boshlaymiz. Hozircha bor e’tiborni «Paxtakor»ga qarshi kechadigan bahsga qaratamiz.

- Qatar, BAA, Saudiya Arabistoni klublari o‘rtasida qanday farq bor?

- Ular orasida tafovut deyarli yo‘q. Barcha arab jamoalarining o‘yin uslubi bir-biriga o‘xshash. Asosan to‘pni yuqoridan yetkazib berish va kuchni maksimal darajada sarf etishga asoslangan. Arab mamlakatlarining barida kuchli legionerlar to‘p surishadi. Shu taraflama ham o‘xshashlik bor.

- Uchrashuvni zaxira o‘rindig‘ida kuzatdingiz. Sizga mazkur o‘yindagi eng yaxshi futbolchini tanlash huquqi berilsa, kimni tanlardingiz?

- Barcha jamoadoshlarim ajoyib tarzda harakat qilishdi. Mabodo, bir futbolchini tanlash kerak bo‘lsa, o‘z ovozimni Islom To‘xtaxo‘jayevga berardim.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 14:16, 11.03.2019.
O'qildi: 2410 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.