Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/04 00:00 Barselona 4-2 Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya 2-2 Real Madrid
02/05 00:00 Borussiya D - PSJ
02/05 20:30 Iroq - Indoneziya
02/05 23:30 Chelsi - Tottenhem

Afsonaviy «Milan» futbolchilari hozir qayerda?

Afsonaviy «Milan» futbolchilari hozir qayerda?

Baho:
+1 | -
Bo'lim:

“21-asr boshida Yevropada shunday klub bor edi-ki, uning oldida «Barselona», «Real Madrid», «Manchester Yunayted» singari grand klublarni ularga qarshi maydonga tushgan chog‘ida qo‘rquv bosar edi. Bu klub 21-asrning ilk 7 mavsumida 2 bor CHLda g‘olib chiqishni uddalagan, Istanbuldagi og‘ir finaldan so‘ng yana o‘z kuchiga suyangan holda qayta oyoqqa turgan buyuk klub. Sezganingizdek, gap afsonaviy «Milan» klubi haqida bormoqda. Bugun 2003-yildagi YCHL g‘olibligini qo‘lga kiritgan «Milan» futbolchilarining qayerda va nima bilan mashg‘ul ekanligi haqida so‘z boradi

Dida

Braziliyalik darvozabon kech kashf etilgan futbolchilar sirasiga kiradi. U Yevropa futboliga kirib kelganida 27 yoshda edi. Uning ishonchli o‘yinlari doimo «Millan»ning kuchiga kuch qo‘shib turar, og‘ir bahslarda hamisha klub joniga oro kirardi. Qahramonimiz hozirda o‘z yurtida bolalar futboli rivoji uchun ochilgan fondning egasi sanaladi. Dida bu bilan cheklanmay, o‘spirin futbolchilarning huquqlarini himoya qiluvchi holdingning direktori vazifasida ishlab kelmoqda

Alesandro Kostakurta

Paolo Maldinidan atigi 3 ta mavsum kamroq o‘tkazgan yana bir afsonaviy himoyachi klub tifozilari xotirasida abadiy qolishi aniq. Sababi, uzoq vaqt davom etgan kariyerasi mobaynida futbolchi klub uchun qo‘lidan kelgan hamma ishni qildi. Bir nechta «Skudetto», YCHL singari katta turnirlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Umumiy qilib aytganda, o‘zidan «nimadir» qoldira oldi. Hozirda Kostakurta televideniyada futbol eksperti vazifasida ishlamoqda.

Paolo Maldini

«Milan» afsonasi haqida alohida to‘xtalib o‘tishning hojati yo‘q, chamamda. Klub u harakat qilgan raqamni abadiy muzlatib qo‘yganining o‘ziyoq so‘zimizga isbot bo‘la oladi. Hozirda Maldini vaqtining katta qismini o‘z oilasida o‘tkazmoqda. Futbolchi futboldan batamom uzoqlashgan. U o‘zini tennisda, endilikda fotomodellikda ham sinab ko‘rmoqda.

Kaha Kaladze

«Dinamo Kiyev»ning oltin davrida Yevropani o‘ziga qaratgan futbolchi «Milan» safida chinakam yulduz bo‘lib yetishishni uddasidan chiqdi. U ko‘plab sovrinlar yutdi va haqli tarzda tarixdan joy egalladi. Qahramonimiz futboldan so‘ng o‘zini siyosatga urdi va yutuqlarga erishishga ham ulgurdi. U yosh bo‘lishiga qaramasdan Energetika Vaziri, Shahar Meri singari mas’uliyatli mansablarda samarali faoliyat olib bormoqda.

Alesandro Nesta

«Lasio»dan 40 million yevroga harid qilingan himoyachi 1-mavsumidayoq «Seniyor ishonchli» laqabini oladi. Uning jarohatlari bezovta qilmaganida bormi?! Afsuski, futbolchi o‘z jarohatining qurboni bo‘ldi va uzoq vaqt yuqori formada o‘ynashni uddasidan chiqa olmadi. O‘zining so‘nggi mavsumlarini «MLS» va Hindistonda o‘tkazgan Nesta murabbiylik faoliyatini boshlab yubordi

Djennaro Gatuzzo

«Milan»ning g‘alabasi uchun o‘zini ham, raqiblarini ham, ayab o‘tirmaydigan  Gatuzzo hozirda sevilmi jamoasida faoliyat olib bormoqda. Uning klubi Yevropa Ligasi musobaqasida g‘olib chiqish uchun hozircha asosiy da’vogarlardan biri bo‘lib turibdi.

Klarens Zeydorf

Gollandiyalik futbolchi «Ayaks» va «Real Madrid» tarkibida ajoyib o‘yinlar ko‘rsatgan bo‘lsada, hammamizning yodimizda «Milan» libosida qolgan desak, adashmagan bo‘lamiz. Jismonan baquvvat, ajoyib texnika egasi sanaladigan qahramonimiz katta futbolda hamma sovrinlarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Yarim himoyachi butsalarini mixga ilgach ham futbol olamidan ketgani yo‘q. O‘zini murabbiylikda sinab ko‘rgan Zeydorf birin-ketin omadsizliklarga uchradi. U hozirda «Kamerun» terma jamoasida bosh murabbiy sifatida faoliyat olib bormoqda.

Rui Kosta

Portugaliyalik futbolchining faoliyati asosan Italiyaning «Fiorintina» klubida o‘tgan. Kosta «Milan»safiga kelib qo‘shilganda 30 yoshda edi. Shunga qaramasdan qahramonimiz 5 mavsum ichida «Milan» tifozilarining qalbidan joy oldi. Portugaliyalik iqtidor o‘zining so‘nggi mavsumlarini «Benfika» safida o‘tkazdi va faoliyatiga nuqta qo‘ydi. Hozirda aynan shu klub sport direktori vazifasida faoliyat olib bormoqda.

Andreya Pirlo

Pirlo o‘sha yili 24 yoshlik iqtidorli futbolchi edi. Bu g‘alaba uning kariyerasidagi ilk katta sovrini bo‘ldi. Qahramonimiz keyinchalik Jahon chempionligini ham qo‘lga kiritdi. O‘zining ajoyib texnikasi va maydonni ko‘ra olish qobiliyati evaziga unga bo‘lgan talab butsalarini mixga ilguniga qadar so‘ngani yo‘q.Pirlo faoliyatini «MLS»da yakunladi va hozirda AQSHda istiqomat qiladi. Uning hozirda asosiy daromadi reklama roliklari va kichik bizneslar ortidan kelmoqda.

Felippe Inzagi

«Ofsaydda tug‘ilgan» laqabi bilan mashxur hujumchi «Milan» safida 11 mavsumni o‘tkazdi va ko‘plab sovrinlarga ega chiqdi. Uning futboldan so‘ng murabbiylikdagi faoliyati hozircha chakki emas. Yosh bo‘lishiga qaramasdan Italiyaning bir nechta klublarida faoliyat olib borishga ulgurgan qahramonimiz hozirda «Baloniya» klubi ustozi sanaladi.

Andrey Shevchenko

Futbol olamidagi eng havfli hujumchilardan biri sanaladigan Sheva o‘zining eng gullagan davrlari aynan 2003-yildagi mavsumga to‘g‘ri keladi. O‘sha mavsum YCHL finalidagi hal qiluvchi penaltini aniq amalga oshirgan futbolchi Ukraina tarixidagi ilk YCHL g‘olibligini qo‘lga kiritgan insonga aylandi. Keyinchalik faoliyatini «Chelsi»da davom etirgan «Oltin to‘p» sovrini g‘olibi o‘yini «chiqmagach», ortga qaytdi. Afsuski, Sheva boshqa o‘z darajasiga chiqa olmadi va o‘zining so‘nggi mavsumlarini o‘ynab qo‘yish uchun «Dinamo Kiyev» safiga o‘tib ketdi. Faoliyatini yakunlagan qahramonimiz o‘zini avvaliga siyosatda sinab ko‘rdi. Aytarli yutuqlarga erisha olmagach, o‘z kasbi bilan shug‘ullana boshladi. Hozirda u Ukraina terma jamoasi ustozi sanaladi.

Я.У

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:51, 12.03.2019.
O'qildi: 11833 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.