Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Yoshi «kichraytirilgan» mashhur futbolchilar

Yoshi «kichraytirilgan» mashhur futbolchilar

Baho:
+1 | -1

Futbol olamida yosh bilan bog‘liq muammolar tez - tez uchrab turadi. bugun shu mavzudagi qiziq ma’lumotlarni e’tiboringizga taqdim etamiz.

Seydu Dumbia

Futbolchi Shvesariyaning «Yang Boys» klubidagi ajoyib o‘yinlaridan so‘ng Moskvaning «SSKA» klubiga ko‘chib o‘tganida yoshi 23 da edi. Ko‘rinishidan o‘xshamasada, futbolchi o‘z pasportidagi tug‘ilgan sanasini pesh qilib shov-shuvni oldini oldi. Shunga qaramay qahramonimiz Angliyaning «Nyukasl» klubi sharafini himoya qila boshlagach, sport jurnalistlari Ivuarlik futbolchining asl yoshi bilan qiziqib qoldi. Genetik olimlar tomonidan o‘tkazilgan norasmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, futbolchining yoshi va uning pasportdagi yoshi orasida 5 yil tafovut mavjud. Ingliz gazetalari ushbu savol bilan futbolchiga murojat qilavergach, Seydu APL dan ketishga qaror qiladi. Endi esa  hozirda «Jirona» sharafini himoya qilayotgan qahramonimizning 23 yoshlik chog‘ida tushgan suratiga razm soling



Radamel Falkao

Pasportida 1986-yilda tavvalud topgan deya ko‘rsatilgan futbolchining «Monako»  klubi safiga kelib qo‘shilgan  chog‘lari uning kariyerasidagi eng qiyin davrlardan biri bo‘ldi. Falkaoning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasining rasmi ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamaga sabab bo‘ldi. Qizig‘I shundaki, uning  guvohnomadagi tug‘ilgan yili 1984-yil  deya ko‘rsatilgan.

Futbolchi ushbu mavzudagi hamma savollarni javobsiz qoldirdi va vaziyatdan chiqib ketishga boshqa yo‘l bilan urina boshladi.Natija o‘zini uzoq kutdirmadi. Futbolchi tug‘ilgan shifoxona arxivi «tushunmovchilik» uchun uzur so‘radi va vaziyat «oydinlashdi»…

Eto'o

Futbolchi «Benazir»ning «Chelsi»sida o‘ynab yurgan paytlari murabbiyning birgina ehtiyotsizlik bilan aytgan so‘zlari evaziga juda qiyin ahvolda qoldi. Joze : «Menda gol uradigan hujumchi yo‘q! 32 yoshlik Eto'oni aytyapsizlarmi? U 32 yosh emas, balki 35 yoshdadir? Yana kim biladi deysiz?!» Shov-shuvga o‘ch ingliz jurnalistlari ushbu mavzuga oid materiallarni yig‘ishga tushib ketdi. Eng qizig‘i shundaki, ular futbolchining birinchi sevgilisini topishdi va u bilan suhbat o‘tkazishdi. Qiz uning haqiqiy yoshi hujjatlarda ko‘rsatilganidan 5 yo 6 yosh katta ekanligini aytadi. Bu esa ikki barobar shov-shuvga sabab bo‘ladi. Futbolchi esa, hammasini yolg‘onga chiqaradi va jahl ustida «necha yoshdaligimni nima farqi bor? 39 yoshda bo‘lsamda hammasiga o‘zim erishganman!» deya savollarga agressiv javob qaytaradi. Uning yoshi kichraytirilgani isbotlanmagan bo‘lsada, hujjatlardagi yoshiga hech kim ishonmay qo‘ydi!

Djozef Minalla

Kamerunlik 17 yoshli iqtidorli futbolchi 2014-yilda «Lasio» safiga o‘tganida muxlislar o‘z ko‘zlariga ishona olmay qoldilar. Sababi, futbolchining ko‘rinishi 17 yoshdagi o‘spiringa hech ham o‘xshamas edi. Italiyalik jurnalistlar qancha harakat qilishsa ham futbolchi haqida aytarli ma’lumot topa olmadilar. Futbolchi esa Biologik yoshni aniqlovchi uskuna orqali o‘zining hali o‘spirin ekanligini tasdiqladi va bosimdan forig‘ bo‘ldi, ammo… 

 

Afsuski, futbolchi ommaviy karikatura va xazillarning bosh qahramoniga aylandi. Uning yoshi to‘g‘risidagi har-xil suratlar  Internet tarmoqlarida tarqalib ketdi…

YA.U.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:33, 13.03.2019.
O'qildi: 14311 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.