Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/02 21:00 Al-Ahli (SA) - Shabab al-Ahli
16/02 21:00 Sharja - Nasaf
16/02 23:15 Al-Hilol - Al-Vahda
16/02 23:15 Ash-Shorta - Duhayl
17/02 00:45 Kalyari - Lechche
17/02 01:00 Jirona - Barselona

JCHni 16 ta medal bilan tugatdik

JCHni 16 ta medal bilan tugatdik

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

AQSHning Las-Vegas shahri mezbonlik qilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi JCHda yana bir xushxabar.

Biroz avval qizlarimizdan Tursunoy Jabborova (-81 kg) 1 ta oltin, 2 ta kumush medallarini qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik.

Yigitlarimizdan Mirhosil Mirzaboyev ham terma jamoamiz g‘aznasiga 2 ta bronza medalini qo‘shib qo‘ydi. -96 kg vazn toifasida supachaga chiqqan Mirzaboyev dast ko‘tarish mashqida 143 kg bilan bronza medaliga ega chiqqan bo‘lsa, ikki kurashda ham shu o‘rnini saqlab qola oldi.

Og‘ir atletika. O‘smirlar o‘rtasida JCH. Las-Vegas, AQSH
Yigitlar, -96 kg
1. Raxat Bekbolat (Qozog‘iston) – 323 kg
2. O‘nur Demirchi (Turkiya) – 315 kg
3. Mirhosil Mirzaboyev (O‘zbekiston) – 311 kg

Shuning bilan terma jamoamiz vakillarining musobaqadagi ishtiroki yakunlandi. Polvonlarimiz ushbu dunyo birinchiligida jami 16 ta medal jamg‘arishga muvaffaq bo‘lishdi. Shulardan 8 tasi oltin, 6 tasi kumush, va 2 tasi bronza medallaridir. O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi bunday ajoyib natija bilan O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi mutasaddilari, sportchilarimiz, ota-onalari va siz aziz muxlislarni muborakbod etadi.

JCHda shohsupaga ko‘tarilgan sportchilarimizning to‘liq ro‘yxati quyidagicha:

Og‘abek Nafasov – 2 ta kumush
Nigora Abdullayeva – 3 ta oltin
Asadbek Narimonov – 1 ta oltin, 2 ta kumush
Kumushxon Fayzullayeva – 3 ta oltin
Tursunoy Jabborova – 1 ta oltin, 2 ta kumush
Mirhosil Mirzaboyeva – 2 ta bronza

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 08:09, 14.03.2019.
O'qildi: 4786 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.