Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo 1-0 Udineze
03/01 17:30 Aston Villa 3-1 Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta 4-1 Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo 1-1 Parma
03/01 19:00 Jenoa 1-1 Piza
03/01 20:00 Brayton 2-0 Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton 3-0 Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

Yevropa ligasi. Chorak final va yarim final qur’asi haqida

Yevropa ligasi. Chorak final va yarim final qur’asi haqida

Baho:
+ | -

Yevropa ligasida nimchorak final bosqichi yakunlanib, chorak finalga chiqqan 8 jamoaning nomi aniq bo‘ldi. Bugun turnirning chorak final va yarim final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Qachon va qayerda?
Yevropa ligasi chorak final va yarim final bosqichiga qur’a tashlash marosimi UYEFA qarorgohi joylashgan Shveysariyaning Nyon shahrida bo‘lib o‘tadi. Tadbir Toshkent vaqti bilan 17:00da boshlanadi (16:00da esa YECHL qur’asi bo‘lib o‘tadi).

Chorak finalga chiqqan jamoalar:
"Ayntraxt" (Germaniya)
"Arsenal" (Angliya)
"Benfika" (Portugaliya)
"Valensiya" (Ispaniya)
"Vilyareal" (Ispaniya)
"Napoli" (Italiya)
"Slaviya" (Chexiya)
"Chelsi" (Angliya)


Qur’a mexanizmi
— Qur’a "ko‘r-ko‘rona" prinsipi asosida o‘tkaziladi. Jamoalar savatchalarga ajratilmaydi. Bir mamlakat klublari o‘zaro to‘qnash kelishi mumkin.

— Qur’ada nomi birinchi chiqqan jamoa dastlabki o‘yinni o‘z uyida o‘tkazadi. Lekin Angliyaning ikki jamoasi klublari uy o‘yinlarini bir kunda o‘tkazishmaydi. Shuning uchun, agar "Arsenal" va "Chelsi"ning uy o‘yinlari bitta haftaga to‘g‘ri keladigan bo‘lsa, "kanonirlar"ning "uy-safar" bahslarining o‘rni almashtiriladi. Bunday qoidaga yarim final bosqichida ham amal qilinishi mumkin.

— Chorak final bosqichi qur’asidan so‘ng darhol yarim finalga ham qur’a tashlanadi. Shundan so‘ng Bokuda o‘tadigan final uchrashuvining nominal mezbonini aniqlash maqsadida ham qur’a tashlanadi.

Qur’ani qayerda tomosha qilish mumkin?
Marosimni FUTBOL TV, shuningdek, Rossiyaning MATCH TV, MATCH FUTBOL 1 va YEVROSPORT kanallari orqali tomosha qilish mumkin.

O‘yinlar qachon o‘tkaziladi?
Chorak finalning dastlabki o‘yinlari 11 aprel, javob bahslari 18 aprel kuni o‘tkaziladi. Qur’adan so‘ng taqvimning batafsil ko‘rinishi e’lon qilinadi. Yarim final o‘yinlari 2 va 9 may, final esa 29 may kuni Bokudagi "Olimpiya" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 06:49, 15.03.2019.
O'qildi: 9157 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.