Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

«Paxtakor» yangi futbolchilarin tanishtirdi (FOTO)

«Paxtakor» yangi futbolchilarin tanishtirdi (FOTO)

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

"Paxtakor" safiga kelib qo‘shilgan 8 nafar futbolchi Superligadagi mavsum boshlanishi arafasida tanishtirildi.

Yangi mavsum oldidan "Sherlar" safiga 8 nafar futbolchi kelib qo‘shildi. Sanjar Quvvatov, Akram Komilov, Sardor Sobirxo‘jayev, Dostonbek Hamdamov, Odil Hamrobekov va Sadriddin Abdullayev jamoamiz bilan ikki yillik shartnomaga imzo chekishgan bo‘lsa, Marat Bikmayev shu yil oxirigacha "Paxtakor" a’zosiga aylandi. Javohir Sidiqov esa "Qo‘qon-1912"dan bir mavsumga ijaraga olindi.

Ushbu futbolchilar "Paxtakor" stadionida klub akademiyasining 2010 yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchilariga qarshi maydonga tushishdi. Sarvar Haydarov murabbiylik qilayotgan jami 20 nafar tarbiyalanuvchi asosiy tarkib vakillariga qarshi bellashuvda ishtirok etib, o‘z kumirlari bilan raqib sifatida to‘p tepish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

O‘yin yakunlangach, yangi futbolchilar o‘z liboslari bilan kichik fotosessiyada ishtirok etishdi. Bundan tashqari, yurtimiz shou-biznesi yulduzlaridan biri DJ Piligrim "Paxtakor"ga bag‘ishlangan yangi qo‘shig‘ini klub bosh direktori Dmitriy Adismanga taqdim etdi.

Manba: www.pakhtakor.uz
Kiritildi: 07:55, 15.03.2019.
O'qildi: 7012 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик