«Manchester Yunayted» himoyachisi Kris Smolling YECHL chorak finalida "Barselona" bilan o‘yin haqida gapirdi.
«Oxirgi besh-oltita o‘yinda istalgan kuchli raqibga noqulaylik tug‘dira olishimizni tushundik. «Chelsi», «Tottenxem» yoki «PSJ»ga qarshi o‘yinlar bunga misol. «Manchester Yunayted» "Barselona"ga ham muammo tug‘dirishga urinib ko‘radi», — dedi Smolling.