Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham 2026 yilgi Jahon chempionati uchun nega «Kristal Pelas» futbolchilari Maksans Lakrua va Jan-Filipp Matetani chaqirib, «Real» yarim himoyachisi Eduardu Kamavingani ro‘yxatga kiritmaganiga izoh berdi.
“Mart oyida u [Lakrua] o‘zini juda yaxshi ko‘rsatdi. U himoyaning chap va o‘ng qanotida o‘ynay oladi. Menga har bir pozisiya uchun uchtadan variant kerak edi, har bir pozisiyaga uch nafar futbolchi emas.
Yarim himoyada Kamavingadan tashqari besh nafar futbolchimiz bor. Ularning barchasi chap yoki o‘ng tomonda harakat qila oladi. Hammasi asosiy tarkibda o‘ynashga qodir.
Hujumda esa Mateta ham terma jamoada, ham klubida juda samarali o‘yin ko‘rsatdi. Uning uslubi boshqacha va ayrim paytlarda bizga aynan shunday tipdagi futbolchi kerak bo‘lishi mumkin”, — dedi Desham.













