Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

«Real»ning navbatdagi nishoni «Roma» futbolchisi

«Real»ning navbatdagi nishoni «Roma» futbolchisi

Baho:
+ | -

«Real» yozda «Roma» yarimhimoyachisi Nikolo Dzanyolo uchun yirik qiymatdagi taklif bilan chiqishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Corriere dello Sport`ning bugungi sonida xabar qilingan.

Rim va Madrid klublari YECHLning bu mavsumida bir guruhda kurash olib borishgandi, Dzanyoloning «Real» e’tiboriga tushishiga ayni shu holat sabab bo‘lgan. Ispan klubi ayni paytda uni o‘z safiga qo‘shib olishning turli yo‘llarini ko‘rib chiqmoqda. 19 yoshli iste’dod egasi transferi oson kechmasligi aniq bo‘lsa-da, «Real»ning niyati jiddiy ekani aytilmoqda.

«Qirollik klubi» tez orada ham «Roma», ham futbolchining agenti bilan muzokara boshlashi kutilyapti.

Ta’kidlanishicha, rimliklar klubi prezidenti Jeyms Pallotta ushbu yosh xavbek bo‘yicha barcha takliflarga rad javobini bermoqchi. U Dzanyoloni klubning rivoji yo‘lidagi asosiy ustunlardan biri sifatida ko‘rmoqda. Shunday bo‘lsa-da, Pallotta mo‘may moliyaviy taklifga rozi bo‘lishi ehtimoli yo‘q emas.

Nashrning xulosa qilishicha, «Roma» keyingi mavsum uchun YECHL yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmasa va «Real» 60 mln yevrolik taklif bilan chiqsa, Dzanyolo Italiya poytaxtidan Ispaniya poytaxtiga yo‘l olishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Nikolo bu mavsum «bo‘rilar»ning barcha musobaqalardagi 27 o‘yinida maydonga tushib, 5+2 mahsuldorlik natijasiga erishdi.

Manba: Corriere dello Sport
Kiritildi: 01:12, 17.03.2019.
O'qildi: 5862 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.