Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Barchasi marokashlik «javohir» Hakim Ziyesh haqida

Barchasi marokashlik «javohir» Hakim Ziyesh haqida

Baho:
+ | -

«Ayaks» yarim himoyachisi Hakim Ziyesh YECHL 1|8 finalidan o‘rin olgan ikkita uchrashuvda «Real» darvozasiga ikkita gol urib, ko‘pchilikning e’tiborini qozondi.

Marokashlik 25 yoshli futbolchini mutaxassislar ko‘pdan buyon bilishadi. Yevropa futbolini diqqat bilan kuzatadiganlar ham ushbu yarim himoyachini yaxshi tanishadi.

U 2017 yilning may oyida Amsterdamda bo‘lib o‘tgan Yevropa Ligasining finalida o‘ynagan. O‘tgan yili Marokash terma jamoasi safida Rossiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida ishtirok etdi.

2016 yilning yozida Ziyeshni osonlik bilan xarid qilish mumkin edi. Aslida o‘shandayoq uning yetuk futbolchi ekanligi oydinlashgandi. «Tvente»dagi ikki mavsumida 66ta o‘yinda 30ta gol urib, deyarli shuncha golga assistentlik qilgandi. Ziyesh asosan maydon markazida o‘ynardi. Qanotlarda kamroq harakat qilgan. O‘shanda «Tvente» moliyaviy muammolarga duch kelgandi. Shu bois ham klub rahbariyati bilan muzokara o‘tkazish osonroq edi. Yakunda marokashlik futbolchini «Ayaks»ga 11 million yevroga sotib yuborishdi. Shu o‘rinda aytish joiz, o‘shandan ikki yil oldin Moskvaning «Spartak» klubi xuddi o‘sha «Tvente»dan Kvinsi Promesni 11,5 million yevroga sotib olgandi.

Shubhasiz, Ziyeshni Gollandiyadan tashqarida ham kuzatishayotgandi. Unga da’vogarlar orasida «Zenit» ham bor edi. Gollandiya matbuotining xabar berishicha, Xalkka o‘rinbosar qidirayotgan piterliklar marokashlik futbolchi uchun 7 million yevro taklif qilishgan. To‘g‘ri, «Zenit» futbolchini xarid qilishga jiddiy maqsad qilganida «Tvente» rahbariyati so‘ragan 10 millionni indamay bergan bo‘lardi. Lekin boshqa jamoalar singari «Zenit»dagilar ham futbolchining bu darajada rivojlanib ketishiga ishonishmagan.

Aytishlaricha, Ziyeshning xarakteri juda og‘ir bo‘lib, uni boshqarish qiyin ekan. Bundan tashqari, uning jamoa uchun o‘ynashiga shubha qilishgan. Chunki «Tvente»ning o‘yini aynan uning atrofida qurilgandi.

«Ayaks» va Ziyesh bir-biriga juda mos tushdi. Hakimning o‘ynashi uchun xarakteri umuman xalaqit qilmadi. Ayni payt «Bayer»ni boshqarayotgan «Ayaks»ning sobiq ustozi Peter Bosh Ziyeshni jamoaning asosiy o‘yinchisiga aylantirdi. O‘sha mavsum gollandiyaliklar Yevropa Ligasining finaliga chiqishdi va hal qiluvchi o‘yinda «Manchester Yunayted»ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Marokashlik futbolchi «Lion»ga qarshi yarim finalda uchta golga assistentlik qilgandi. Umuman olganda, Hakim jamoadoshlariga qanday to‘p yetkazib berishni yaxshi biladi. Bejizga Gollandiya chempionatida qatorasiga ikki mavsum eng yaxshi assistent bo‘lmadi. Buning ustiga, 2018 yilda Gollandiyaning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.

Marokashlik uchun Yevropaning top-5 chempionatlaridan biriga o‘tib, oldinga qadam tashlash vaqti keldi. Qolaversa, u «Ayaks»ning hozirgi ustozi Erik ten Xagga o‘zining universalligini ko‘rsatib ulgurdi. O‘ng qanot, umuman, hamma nuqtada o‘ynayveradi. Ziyeshni sotib olishga astoydil kirishganlar ham uchradi. Iyulda Amsterdam klubining «Roma» bilan 30 million yevrolik transfer haqida kelishib olgani to‘g‘risida xabarlar tarqadi. Biroq so‘nggi daqiqalarda rimliklar sport direktori Monchi kelishuvdan voz kechdi (o‘tgan hafta «Roma» Monchini iste’foga chiqardi). Endi rimliklar mavsumni bo‘sh o‘tkazayotgan bir paytda muxlislar Monchiga ana shu transferni eslatib turishdi. Boz ustiga, Monchi marokashlik javohir o‘rniga jarohatlar girdobida qolgan Xavyer Pastoreni olgan.

Haqiqatan ham qiziq voqea. Hattoki, ten Xag ham shogirdining boshqa klub bilan shartnoma imzolaganini xabar qilishga ulgurgandi. «Birinchi o‘rinda u menga inson sifatida yetishmaydi. Hakim ishlash uchun munosib bo‘lgan ajoyib yigit. Albatta, futbolchi sifatida ham kerakli. Uning darajasidagi futbolchi Erediviziyada qolishni istamasligini yaxshi tushunaman. Bu yerda uning eng yaxshiligiga shubha qilmagandim. Xorijda ham shunday bo‘ladi, degan umiddaman», - degandi murabbiy. Albatta, «Roma» bilan kelishuv buzilganiga eng ko‘p ten Xag xursand bo‘lgan.

Ayni kunda Transfermarkt Ziyeshni 35 million yevroga baholamoqda. «Ayaks»ning Chempionlar Ligasidagi ajoyib o‘yinlari va «Real»ning musobaqadan chiqarib yuborilishi Hakimning bahosini oshirib yuborishi tayin. Demak, Amsterdam klubi uni 40-45 million yevrodan kamiga sotmaydi.

Manba: Stadion
Kiritildi: 02:00, 17.03.2019.
O'qildi: 2953 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик