Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/12 00:45 Atalanta 2-1 Kalyari
14/12 01:00 Arsenal 2-1 Vulverhempton
14/12 01:00 Xetafe 0-1 Espanyol
14/12 16:30 Milan 2-2 Sassuolo
14/12 18:00 Sevilya 4-0 Real Ovyedo
14/12 19:00 Fiorentina 1-2 Verona
14/12 19:00 Udineze 1-0 Napoli
14/12 19:00 Kristal Pelas 0-3 Manchester Siti
14/12 19:00 Nottingem Forest 3-0 Tottenhem
14/12 19:00 Sanderlend 1-0 Nyukasl
14/12 19:00 Vest Xem 2-3 Aston Villa
14/12 20:15 Selta 2-0 Atletik Bilbao
14/12 21:30 Brentford 1-1 Lids
14/12 22:00 Jenoa 1-2 Inter
14/12 22:30 Levante - Vilyarreal
15/12 00:45 Bolonya 0-1 Yuventus
15/12 01:00 Alaves 1-2 Real Madrid
16/12 00:45 Roma - Komo
16/12 01:00 Rayo Valyekano - Betis
16/12 01:00 Man. Yunayted - Bornmut

Zidan yangi «Real Madrid» uchun kimlarni sotib oladi?

Zidan yangi «Real Madrid» uchun kimlarni sotib oladi?

Baho:
+1 | -1

xabaringiz bor Zidan yangi jamoa shakillantirish arafasida. Bugun Zizu xarid qilish imkoniyati yuqori bolgan Futbolchilar bilan tanishib chiqamiz.

Kristian Erikson

«Tottenhem» yarim himoyachisi  hademay 30 yoshni qoralaydi. Uning iqtidori haqida gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas, ammo hozirga qadar daniyalik futbolchi birorta sovrinni qo‘lga kiritganicha yo‘q. Uning ajoyib o‘yinlari jamoaning chempionlik shohsupasiga chiqishi uchun biroz kamlik qilmoqda. Futbolchining o‘zi ham buni ko‘p bor intervyularida bayon qilmoqda. Klub bilan shartnomasi 2020-yilda o‘z yakuniga yetishini hisobga olib, u bilan shartnoma tuzishni istagan «shpor»lar kutilganidek yo‘q javobini olishdi. Uning  bunday yo‘l tutishi boshqa klub safiga o‘tishni juda istayotganini bildiradi. «Tottenhem» Eriksonni  yozda sotib yubormasa, keyingi mavsumda tekinga qo‘yib yuborishiga to‘gri keladi. Shu sabab, Erikson katta ehtimol bilan yozda «Real Madrid» safiga o‘tadi, deya xabar bermoqda Marsa nashri.

Ngolo Kante

Hozirda sayyoramizdagi eng kuchli tayanch yarim himoyachisi so‘zsiz «Real Madrid»da o‘ynashga haqli. Uning ko‘rinishi va hayot  tarzi sodda bo‘lgani bilan,  Ngolo maydonda to‘p uchun arslondek  kurashadi va ko‘pincha yutib chiqadi. London klubining hozirgi saviyasi biroz tushib ketgani va Chempionlar Ligasida g‘olib chiqish istagi Ngoloni Madridga yetaklashi hech gap emas. Bu ham yetmagandek shahsan Zidan uni o‘z tarkibida ko‘rmoqchi ekanligi tufayli bu trasnferning amalgaoshishini yanada tezlashtirishi mumkin

Eden Azar (Hazard)

Yana bir «Chelsi» futbolchisi mana bir necha yildirki yarim oyog‘I bilan «Real Madrid» klubida. Shunga qaramasdan hali-hamon ushbu transfer amalga oshganicha yo‘q. Belgiyalik iqtidorli futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi tugashiga bir yil qolmoqda. Uning «Chelsi» bilan yangi shartnoma tuzishi haqiqatdan ancha yiroq. Sababi, futbolchining o‘zi «qirollik»klubida o‘ynashni juda istamoqda. O‘z intervyularida esa, buni yashirib ham o‘tirmayapti. Futbolchining taxmniy transfer summasi ham aniq. Abramovich o‘z super yulduzini qanchalik olib qolishni istamasin, Azarning o‘zi yanada kuchliroq klubga o‘tish istagida «yonmoqda».  Zizu esa uni kelajak rejalarining asosiy qismida bor ekanligini va klub uni, albatta, harid qilishini bir necha bor oshkor qildi. Ushbu transferning amalga oshishi tobora oydinlashib bormoqda.

 

Neymar

Bu yerda vaziyat 50/50 desak to‘g‘ri bo‘ladi. Neymar o‘z intervyularida har-xil ma’lumot tarqatmoqda. Kecha «Frans Fotbal» nashrida «Real Madrid» tarixiy klub deya xabar tarqalgan bo‘lsa , oradan 3 kun o‘tib Marsa nashri uning o‘z klubida baxtiyor ekanligini yozmoqda. Tushunish qiyin bo‘lgan vaziyat. Neymar «oltin top» uchun mana bir necha yildan beri kurashni boy bermoqda. Agar «PSJ» da qolsa, hali-beri bu sovrinni qo‘lga kiritmasligi aniq. Ayniqsa, «Manchester Yunated»dan qabul qilingan mag‘lubiyat bu ishni yanada chigallashtirib yubordi. Umuman olganda, uning kelishi haqidagi mish-mishlar hali uzoq davom etishi aniq

Mauro Ikardi

Hujumchi bilan bir nechta klublar qiziqishgan bo‘lsada, hech qaysi transfer amalga oshmadi. Sababi, Ikardi «Inter»da baxtli ekanligini vaj qilib ko‘rsatdi. Endilikda klub uni sardorlik bog‘ichidan mahrum qildi, bu ham yetmaganidek muxlislar ham uni ayrim qiliqlari uchun yomon ko‘rib qolishdi. Endilikda argentinalik hujumchini klubda hech narsa ushlab turgani yo‘q. Hozirda asosiy tarkibdan ba’zida tushib qolayotgan futbolchining o‘zi ham «qirollik» klubiga o‘tishga qarshi emas. Yaxshi jamoa, moliyaviy qulay shartnoma, statusi baland klub! Bundan yaxshi imkoniyat yana bo‘lmasligi aniq! Shu sabab futbolchining o‘zi yangi mavsumni katta ehtimol bilan «Real Madrid»da boshlashi aniq.

Bundan tashqari «Real Madrid» uchun Talyafiko, Eder Militao, Keyn, Mbappe singari futbolchilar ajoyib jamoa tuzishda qo‘l kelishi aniq, ammo transferning amalga oshish koefissiyenti pastligi uchun alohida to‘xtalib o‘tirmadik.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:51, 17.03.2019.
O'qildi: 26654 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.