Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan

A seriya. Milan derbisida «Inter» g‘alaba qozondi

A seriya. Milan derbisida «Inter» g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Italiya chempionatining 28-turi doirasida markaziy o‘yin bo‘lib o‘tdi. Muxlislar "San-Siro" stadionida bo‘lib o‘tgan Milan derbisiga guvoh bo‘lishdi.

Bu bahsda rasmiy mehmon maqomiga ega bo‘lgan "Inter" tezkor gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Uchrashuvning 3-daqiqasidayoq Vesino hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu gol "neradzurri" foydasiga ishladi. Tanaffusga qadar ular raqib darvozasiga yana kamida 2ta gol urishlari mumkin edi. Ammo yana o‘sha Vesino qulay vaziyatlarni golga aylantira olmadi.

Ikkinchi bo‘lim boshida esa burchakdan yetkazilgan uzatmani Stefan de Vrey golga aylantirib, hisobdagi farqni ikkitaga oshirdi. Buyog‘iga jamoalar hisobda quvlashmachoq o‘ynashdi. Dastlab Bakayoko bosh bilan hisobdagi farqni qisqartirdi.

Bahsning 67-daqiqasida hakam "rossoneri" darvozasi tomon penalti belgiladi. Lautaro Martines undan samarali foydalandi. Oradan 4 daqiqa o‘tib Musakkyo hisobni 2:3 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi.

Qolgan daqiqalarda Gattuzo shogirdlari hech bo‘lmasa durangga erishish uchun oldinga tashlanishdi. O‘yin qo‘shib berilgan eng so‘nggi — 6-daqiqada maydon egalari hisobni tenglashtirishlari mumkin edi. Ammo yaqin masofadan yo‘llangan zarbani "Inter" himoyachisi mahorat bilan qaytarib qoldi.

Shu tariqa, "Inter" o‘z ochkolarini 53taga yetkazib, "Milan"ni quvib o‘tgancha, 3-o‘ringa chiqib oldi. "Rossoneri" esa 4-o‘rinda qoldi. Ularning baxtiga "Milan" ta’qibchilari — YECHL yo‘llanmasi uchun kurash olib borayotgan "Roma" va "Atalanta" jamoalari ochko yo‘qotishgandi.

Italiya A seriyasi, 28-tur
Milan – Inter 2:3 (0:1, 2:2)
Gollar: 0:1 – 3 Vesino, 0:2 – 51 de Vrey, 1:2 – 57 Bakayoko, 1:3 – 67, penalti Martines, 2:3 – 71 Musakkyo.
Milan – Donnarumma, Kalabriya, Musakkyo, Rodriges (Kutrone, 58), Romanyoli, Lukas Paketa (Kastilyexo, 46), Kessie (Konti, 69), Chalxanoglu, Bakayoko, Suso, Piontek.
Inter – Xandanovich, D`Ambrozio, Shkrinyar, Asamoa, de Vrey, Galyardini, Vesino (Ranokkiya, 90), Perishich, Brozovich (Valero, 73), Politano (Kandreva, 84), Martines.
Ogohlantirishlar: Brozovich (14), Rodriges (32), Romanyoli (66), Vesino (79), Suso (79), Konti (89), Galyardini (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:28, 18.03.2019.
O'qildi: 4750 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.