Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe

O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatida 3-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatida 3-o‘rinni egalladi

Baho:
+1 | -
Bo'lim: SPORT

O‘zbekiston muay-tay terma jamoasi 2019 yilning 8-20 mart kunlari Taylandning Bangkok va Pattaya shahrida bo‘lib o‘tgan XVI-Jahon chempionatida ishtirok etdi. Bu haqda Worldnews.uz muxbiri xabar bermoqda.

O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilgan muay-taychilar yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan bahslarda 6 oltin, 5 kumush, o‘smirlar o‘rtasida 6 oltin, 3 kumush, 8 bronza, kattalar o‘rtasida 1 oltin, 3 kumush, 5 bronza medallarini egallashdi.

E’tiborlisi, o‘zbekistonlik katta sportchilar yarim professionallar o‘rtasida 4 oltin va chempionlik kamari, 2 kumush medallarni qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, O‘zbekiston muay-tay terma jamoasi umumjamoa hisobida 3 o‘rinni egalladi. Ma’lumot o‘rnida, ushbu Jahon chempionatida 52 mamlakat sportchilar qatnashdi.

Jahon chempionatida sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilar ro‘yxati:

Yoshlar o‘rtasida

35 kg vazn toifasida Raxmonov Arseniy birinchi o‘rin (Xorazm viloyati Urganch shahar 10-sonli maktabning 5-sinf o‘quvchisi).

48 kg vazn toifasida Lazizov Amirxon birinchi o‘rin (Toshkent shahar Yunusobod tumani 5-sonli maktab 10-sinf o‘quvchisi)

37 kg vazn toifasida Tojimahamadov Muhammadyusuf ikkinchi o‘rin (Toshkent shahar Yunusobod tuman 260-sonli maktab 7-sinf o‘quvchisi)

48 kg vazn toifasida Allamurodov Temur ikkinchi o‘rin (Toshkent shahar Chilonzor tumani 101-sonli maktab 7-sinf o‘quvchisi)

O‘smirlar o‘rtasida

75 kg vazn toifasida Yuldashev Yo‘ldosh ikkinchi o‘rin (Xorazm viloyati Urganch shahar 3-sonli maktabning 9-sinf o‘quvchisi)

91+ kg vazn toifasida Abdullayev Laziz birinchi o‘rin (Navoiy viloyati Zarafshon shahar kasb-xunar kollej 3-kurs talabasi)

Kattalar o‘rtasida

63,5 kg vazn toifasida Xolmirzayev Sheroz birinchi o‘rin (Samarqand viloyati)

91+kg vazn toifasida Rahmonov Temur ikkinchi o‘rin (Xorazm viloyati)

Yarim professionallar o‘rtasida

54 kg vazn toifsida Ubaydullayev Mironshoh chempionlik kubogini qo‘lga kiritdi. (Buxoro viloyati)

57 kg vazn toifasida Mo‘ysinov Shahboz ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. (Toshkent shahar)

60 kg vazn toifasida Jo‘rayev Shaxriyor birinchi o‘rin va chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi. (Samarqand viloyati)

75 kg vazn toifasida To‘xtaboyev Naimjon  birinchi o‘rin va chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi. (Namangan viloyati)

81 kg vazn toifasida Jabbarov Temur birinchi o‘rinni va chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi. (Samarqand viloyati)

91 kg vazn toifasida Hamdamov Bobur ikkinchi o‘rin (Toshkent shahar) qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: 15:55, 21.03.2019.
O'qildi: 6219 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.